Angliya futbolida darvozabonlar uçun yangi qoida sinovdan ötkaziladi
Angliya futbol ligalari jarohat olgandek köringan darvozabonlar bilan boğliq yangi qoidani sinov tariqasida joriy etmoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.
Yangi tartibga köra, agar darvozabonga maydonda fizioterapevt yordami kerak bölsa, uning jamoasi bir daqiqa davomida bir nafar futbolçisiz öynaydi.
Bu holatda boş murabbiy 10 soniya içida qaysi futbolçi vaqtinça maydonni tark etişini belgilaşi şart. Agar bunday qaror qabul qilinmasa, jamoa sardori bir daqiqaga maydonni tark etadi.
Qoida jiddiy jarohatlar – miya çayqalişi, kuçli qon ketişi va şunga öxşaş holatlarga nisbatan qöllanilmaydi. Şuningdek, agar öyin töxtatilmagan bölsa, mazkur tartib amal qilmaydi.
Malum qilinişiça, Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengaşi (IFAB) sinov natijalarini tahlil qiladi. Agar taşabbus maqullansa, yangi qoida 2027-2028 yilgi mavsumdan boşlab butun dunyo futbolida amal qila boşlaşi mumkin.
BBC malumotiga köra, uşbu taşabbusga 2025 yil noyabridagi bahsli voqealardan biri turtki bölgan. Öşanda “Lids Yunayted” boş murabbiyi Daniel Farke “Mançester Siti” darvozaboni Janluiji Donnarummani vaqtni ataylab çözganlikda ayblagan edi. Bu bahs “Siti”ning “Lids” ustidan 3:2 hisobida ğalaba qozongan uçraşuvidan keyin yuzaga kelgan.