Messi Jahon çempionatidan keyin “Inter Mayami” maşğulotlariga qaytdi
Şimoliy Amerika Oliy futbol ligasi (MLS)ning “Inter Mayami” klubi hujumçisi Lionel Messi Jahon çempionatidan söng jamoa maşğulotlariga qöşildi. Bu haqda klubning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida malum qilindi.
“Bugun futbolçilarning kelişi butunlay boşqaça kayfiyatda qarşi olinmoqda”, deyiladi Messining maşğulot maydoniga kelayotgan suratiga ilova qilingan izohda.
Şuningdek, klub argentinalik yulduzning maşğulotlarga kirişgani aks etgan videoni ham elon qildi.
Lionel Messi sönggi marta joriy yilning 19 iyul kuni AQŞ, Kanada va Meksikada ötkazilgan Jahon çempionati finalida Ispaniyaga qarşi bahsda (0:1) maydonga tuşgan edi.
Malumot uçun, 39 yoşli Messi ötgan mavsum “Inter Mayami” safida MLS çempionligini qölga kiritgan. Argentinalik hujumçi 2023 yildan buyon AQŞ klubida töp surib kelmoqda.
Şu vaqtga qadar Messi “Inter Mayami” safida 104 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 90 ta gol muallifi bölgan.