USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

FIFA rahbariyati favqulodda yiğilişdan söng Infantinoni oqladi

70 марта
FIFA раҳбарияти фавқулодда йиғилишдан сўнг Инфантинони оқлади

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Rabot şahrida bölib ötgan Ijroiya qömitasi yiğilişidan söng Infantinoni qöllab-quvvatlovçi rasmiy bayonot elon qildi. Bu haqda taşkilotning rasmiy sahifalarida xabar berildi. 

Yiğilişda FIFA prezidenti Janni Infantino bilan boğliq vaziyat, jumladan, Jahon çempionati huquqlarini sotiş haqidagi taklif yuzasidan ommaviy axborot vositalarida tarqalgan xabarlar muhokama qilindi.

Yiğilişda FIFA boş kotibi va iştirok etgan Ijroiya qömitasi azolari Janni Infantinoni töliq qöllab-quvvatlaşlarini bildirişdi hamda uning rahbarligidagi mamuriyatning 2026 yilgi FIFA Jahon çempionatini muvaffaqiyatli taşkil etişga qöşgan hissasini alohida takidlaşdi.

“Marokaşning Rabot şahrida bölib ötgan uçraşuvdan söng, FIFA boş kotibi va Ijroiya qömitasi azolari prezident Janni Infantinoni töliq qöllab-quvvatlaşlarini yana bir bor tasdiqladilar hamda mamuriyatning 2026 yilgi FIFA Jahon çempionatini muvaffaqiyatli taşkil etişdagi muhim hissasini etirof etdilar. Yiğilişda şuningdek, FIFA Forward Enterprise (FFE) loyihasi ham muhokama qilindi. Taklifni tayyorlaş jarayonida xatolarga yöl qöyilgani tan olindi. FIFA Kengaşi va azo assotsiatsiyalar jarayondan çetlatilgandek his qilmasligi uçun uni boşqaça tarzda taşkil etiş zarurligi haqida kelişuvga erişildi. Şuningdek, ommaviy axborot vositalariga malumotlar tarqalişi ortidan ham qator xatolar sodir bölgani takidlandi. Yuqorida qayd etilgan taklif qaytarib olindi va endi u körib çiqilmaydi. FIFA özining yaxlitligiga qarşi qaratilgan har qanday harakatlarga toqat qilmaydi”, deyiladi taşkilotning rasmiy bayonotida.

Malumot uçun, Janni Infantino 2016 yilning fevralidan buyon FIFA prezidenti lavozimida işlab kelmoqda. U bunga qadar UEFA tizimida faoliyat yuritgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Infantino FIFA’ning tijoriy va taşkiliy aktivlarini xususiy investorlarga sotiş orqali ön millionlab funt sterling daromad keltirişi mumkin bölgan rejani işlab çiqayotgani, şuningdek, AQŞ Prezidenti Donald Tramp mamuriyatiga yaqin şaxslar bilan muzokaralar olib borilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Bu taşabbus bir qator futbol taşkilotlari va sport arboblari tomonidan tanqid qilindi.
 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: