Argentina Infantinoni qöllab-quvvatladi
Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) FIFA prezidenti Janni Infantinoni qöllab-quvvatlaşini bildirgan rasmiy bayonotni elon qildi. Bu haqda assotsiatsiya matbuot xizmati xabar berdi.
Bayonotda sönggi ön yil davomida Infantino rahbarligi ostida futbolni rivojlantiriş, institutsional tizimni mustahkamlaş hamda aniq, barqaror va şaffof boşqaruv modelini yölga qöyiş borasida amalga oşirilgan işlar yuqori baholangan.
“Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) va uning Ijroiya qömitasi nomidan sizga hamda siz orqali FIFA rahbariyatiga murojaat qilib, sönggi ön yil içida siz boşçiligingizda amalga oşirilgan işlarni töliq qöllab-quvvatlaşimizni bildiramiz. Bu faoliyatning asosiy maqsadi butun dunyoda futbolni rivojlantiriş va şaffof hamda barqaror boşqaruv tizimini şakllantiriş böldi”, deyiladi bayonotda.
Şuningdek, AFA sönggi paytlarda keng jamoatçilik muhokamasiga sabab bölgan loyihadan FIFA mamuriyatining voz keçiş qarorini qöllab-quvvatlaşini bildirgan. Assotsiatsiya uşbu taşabbus boşidanoq futbol hamjamiyatida işonçdan köra köproq savol va noaniqliklarni keltirib çiqarganini takidlagan.
Bayonotda FIFA tomonidan yöl qöyilgan xatolar tan olingani va 211 azo federatsiyaga yuborilgan rasmiy uzr muhim qadam sifatida baholangan. Qayd etilişiça, boşqaruv tamoyillariga qatiy amal qiliş FIFA, konfederatsiyalar va milliy federatsiyalar örtasidagi işonçni yanada mustahkamlaydi.
AFA, şuningdek, Infantino rahbarligi davrida FIFA barça azo federatsiyalar uçun yanada oçiq taşkilotga aylanganini, halol va töğridan-töğri muloqot orqali futbolni barça darajalarda rivojlantiriş imkoniyati kengayganini qayd etgan.
Bayonot yakunida Argentina futbol assotsiatsiyasi yaqinlaşayotgan FIFA Kongressi arafasida Janni Infantino rahbarligida futbolni yanada takomillaştiriş, uni yanada adolatli va inklyuziv qiliş yöli davom ettirilişiga qatiy işonişi bildirilgan.
Eslatib ötamiz, FIFA avvalroq Jahon çempionati huquqlarining bir qismini sotiş rejalari bilan boğliq holat yuzasidan rasman uzr söragan edi.