UEFA FIFA’ga raqobatçi xalqaro turnir taşkil etmoqçi
Yevropa futbol ittifoqi (UEFA) FIFA homiyligida ötkaziladigan musobaqalarga raqobat qiladigan yangi xalqaro futbol turnirlarini taşkil etiş imkoniyatini muhokama qilmoqda. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.
Manbaga köra, UEFA, Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) hamda Şimoliy, Markaziy Amerika va Karib dengizi futbol konfederatsiyasi (KONKAKAF) FIFA musobaqalariga muqobil böladigan xalqaro turnirlarni taşkil etiş böyiça muzokaralarni boşlagan.
Uçala taşkilot ham futbolçilarga FIFA tomonidan qöllanişi mumkin bölgan jazo va çeklovlardan xoli tarzda yangi musobaqalarda iştirok etiş imkonini berişni istamoqda.
Avvalroq, UEFA, OFK va KONKAKAF FIFA prezidenti Janni Infantinoni işonçni suiistemol qilişda ayblab, qöşma bayonot bergan edi.
“Biror kişi özini jamoadan ustun qöysa, uning rahbariyatiga bölgan işonç yöqoladi”, deyiladi bayonotda.
Taşkilotlar rahbarlari, şuningdek, Infantinoning Jahon çempionatini ötkaziş huquqlarining bir qismini xususiy investorlarga sotişga urinişini ham tanqid qilgandi.
Eslatib ötamiz, avvalroq UEFA, OFK va KONKAKAF FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon çempionati huquqlarining bir qismini sotiş taklifidan söng taşkilot faoliyatini mustaqil tekşirişga çaqirib, futbol jamoatçiliga murojaat yöllagandi.