Ronaldino basketbol klubini sotib olişi mumkin
2002 yilgi Jahon çempionati ğolibi va “Oltin töp” sohibi Ronaldino Frantsiyaning “Monako” basketbol klubini sotib olişi mumkin. Bu haqda “L’Equipe” naşri xabar berdi.
Manbaga köra, jamoa jiddiy moliyaviy muammolarga duç kelmoqda. Joriy yilning 10 avgust kuni Ronaldino “Monako” boş menejeri Aleksey Yefimovga maktub yöllab, Andorraning Clayton Sports investitsiya fondi kömagida klubga sarmoya kiritiş niyati borligini bildirgan.
“Monako” uç karra Frantsiya çempioni va mamlakat çempionatining amaldagi ğolibi hisoblanadi. Jamoa şuningdek, ikki marta Frantsiya Kubogini va bir marta Yevropa Kubogini qölga kiritgan.
Malumot uçun, Ronaldino 2003-2008 yillarda “Barselona” safida töp tepgan. U kataloniyaliklar bilan ikki marta La Liga çempioni bölgan va Çempionlar ligasida ğolib çiqqan.
Braziliyalik futbolçi faoliyati davomida “Pari Sen-Jermen”, “Milan”, şuningdek, Braziliyaning “Flamengo”, “Atletiko Mineyro”, “Gremio” va “Fluminense” klublarida ham öynagan.
Ronaldino Braziliya terma jamoasi bilan 1999 yilda Amerika Kubogida ğolib çiqqan va 2002 yil jahon çempionligini qölga kiritgan.