Islom Maxaçev Gerrini mağlub etib, UFC rekordini örnatdi
Bugun, 16 avgust kuni rossiyalik aralaş yakkakuraş (MMA) jangçisi Islom Maxaçev Filadelfiyada bölib ötgan UFC 330 turnirida irlandiyalik Ien Maçado Gerrini mağlub etdi.
Sportçilarning töqnaşuvi şouning markaziy jangi böldi. Maxaçev ilk bor yarim örta vazn (77,1 kg gaça) toifasidagi kamarini himoya qildi. Maçado Gerri esa uşbu jangga divizionning birinçi raqamli jangçisi maqomida yetib kelgan edi.
Jang töliq beş raund davom etdi. Ikkinçi raundda rossiyalik sportçi raqibini nokdaunga uçratdi. Yakunda Maxaçev hakamlarning yakdil qarori bilan (49:46, 49:46, 48:47) ğalaba qozondi.
34 yoşli rossiyalik öz titulini himoya qildi. Endilikda uning hisobida ketma-ket qozonilgan 17 ta ğalaba bor. Bu UFC tarixidagi eng uzoq davom etgan ğalabali seriyadir. Bundan oldingi rekord braziliyalik Anderson Silvaga tegişli edi (16 ta ğalaba).
Islom Maxaçevning professional MMAdagi umumiy hisobida 29 ta ğalaba va bitta mağlubiyat bor. Ilgari u yengil vazn (70,3 kg gaça) toifasida UFC çempioni bölgan.
Maçado Gerri esa faoliyatidagi ikkinçi mağlubiyatini qabul qilib oldi. 28 yoşli irlandiyalik jangçining hisobida 17 ta ğalaba qoldi.