OFK Qatarni Infantinoni qöllab-quvvatlagani uçun tanqid qildi
Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) Qatar futbol assotsiatsiyasini FIFA prezidenti Janni Infantinoni qöllab-quvvatlagani uçun tanqid qildi. Bu haqda “The Times” xabar berdi.
Avvalroq, Marokaş, Qatar va yana törtta arab davlati futbol federatsiyalari Infantinoni qöllab-quvvatlaşini malum qilgan edi.
“Qitalararo birdamlik eng muhim bölgan bir paytda, sizning hozirgi pozitsiyangiz va OFK prezidentining qonuniy vakolatlarini şubha ostiga qöyuvçi harakatlaringiz Osiyo futboli birligiga putur yetkazadi. Bu esa global maydonda Osiyo futbol oilasi manfaatlarini himoya qiliş böyiça jamoaviy qobiliyatimizni zaiflaştiradi”, deydi OFK prezidenti Salmon bin Ibrohim Al Halifa.
Bungaça Infantino Jahon çempionati translyatsiya huquqlaridagi uluşni xususiy investorlarga sotişni taklif qilgan edi. Biroq turli taşkilotlar tomonidan bildirilgan tanqidlardan söng u mazkur ğoyadan voz keçdi.
Xususan, Infantinoning taklifi Yevropa futbol ittifoqi (UEFA), KONKAKAF, OFK va Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (CONMEBOL) tomonidan rad etildi.
Şu bilan birga, UEFA FIFA homiyligidagi turnirlarni boykot qiliş ehtimolini bildirib, xalqaro federatsiya prezidentiga bölgan işonç yöqolganini malum qildi.
“The Telegraph” xabar berişiça, agar Infantino öz ixtiyori bilan istefoga çiqişdan boş tortsa, UEFA unga nisbatan işonçsizlik votumi ötkaziş niyatida. Afrika futbol konfederatsiyasi (CAF) va bir qator milliy futbol assotsiatsiyalari esa Infantinoni qöllab-quvvatlaşini bildirgan.
Malumot uçun, 56 yoşli Janni Infantino 2016 yil fevral oyida bölib ötgan navbatdan taşqari kongressda FIFA prezidenti etib saylangan. Keyinçalik u ikki marta raqobatsiz qayta saylangan. Navbatdagi FIFA prezidenti saylovi 2027 yil mart oyida ötkazilişi rejalaştirilgan.