Rahmonaliyev jamoasi YeÇLda qança işlab olişi malum böldi
Özbekiston milliy terma jamoasi azosi Umarali Rahmonaliyev töp suradigan Ozarbayjonning “Sabah” klubi UEFA Çempionlar ligasidan kamida 20,18 million yevro daromad oladi. Bu haqda “Idman” naşri xabar berdi.
Manbaga köra, 2026-2027 yilgi mavsum uçun Yevropa klub musobaqalari daromadlarini taqsimlaş tizimiga asosan, Çempionlar ligasining umumiy bosqiçidagi 36 ta klubning har biri 18,62 million yevro miqdorida boşlanğiç tölov oladi.
Bu summa “Value Pillar” tizimi orqali beriladigan tölovlar bilan töldiriladi. Unda mamlakatning televizion bozori qiymati va klubning koeffitsiyenti hisobga olinadi. Minimal uluş hisobida “Sabah” “Value Pillar”ning Yevropa qismi uçun 935 ming yevro, Yevropadan taşqari qismi uçun esa 346 ming yevro oladi.
Klub umumiy bosqiçda 36-örinni egallagani uçun yana 275 ming yevro bonusga ega böladi. Şu tariqa, jamoa umumiy bosqiçdagi sakkizta uçraşuv natijalari hisobga olinmagan holda, kamida 20,176 million yevro işlab oladi.
UEFA har bir ğalaba uçun 2,1 million yevro, durang uçun esa 700 ming yevro tölaydi. Şu sababli “Sabah”ning umumiy daromadi turnirdagi natijalari va yakuniy örniga qarab yana oşişi mumkin.
“Sabah” saralaş bosqiçlari uçun qöşimça tölov olmaydi. UEFA qoidalariga köra, Çempionlar ligasining pley-off bosqiçidan ötib, umumiy bosqiçga çiqqan klublar markazlaştirilgan daromadlarni taqsimlaş tizimiga ötadi va standart saralaş tölovlarini olmaydi.
Taqqoslaş uçun, 2025-2026 yilgi mavsumda Çempionlar ligasining umumiy bosqiçida iştirok etgan “Qoraboğ” ham minimal hisobda 20,176 million yevro daromad olgan edi.
Eslatib ötamiz, “Sabah” Çempionlar ligasi pley-off bosqiçida Isroilning “Xapoel Beer-Şeva” klubini ikki öyin natijasiga köra 6:4 hisobida mağlub etdi. Bokudagi javob uçraşuvida Umarali Rahmonaliyev jamoasi qöşimça vaqtda 5:2 hisobida ğalaba qozondi.