Devid Bekxem “Nant” klubini sotib olişga qiziqmoqda
“Mançester Yunayted”ning sobiq futbolçisi va “Inter Mayami” klubining egasi Devid Bekxem kutilmaganda Frantsiyaning “Nant” klubini sotib oliş böyiça kelişuvda potentsial iştirokçi sifatida paydo böldi. Bu haqda “Ouest-France” naşri xabar berdi.
Manbaga köra, “Nant” egalari Liga 2 ga tuşib ketgan klubni sotiş masalasini körib çiqmoqda. Hozirda jamoani sotib olişga uçta potentsial xaridor qiziqiş bildirgan. Ulardan birining taklifi 100 million yevro atrofida baholanmoqda.
Naşrning takidlaşiça, Bekxemning nomi ham “muzokaralarda yana paydo bölgan”. Uning vakili avvalroq mahalliy potentsial investorlar taşabbus guruhi vakillari bilan uçraşib, “Nant” bilan boğliq ehtimoliy loyiha haqida malumot söragan.
Bekxemning futbol klublariga sarmoya kiritiş böyiça muvaffaqiyatli tajribasi bor. U “Inter Mayami” klubining egalaridan biri hisoblanadi. Amerikaning mazkur jamoasi sönggi yillarda MLS’dagi eng közga köringan loyihalardan biriga aylandi.
Malumot uçun, Bekxemning boyligi 1,36 milliard yevro atrofida baholanmoqda. Endi angliyalik sobiq futbolçi öz futbol biznesini Frantsiyada ham kengaytiriş imkoniyatiga ega bölişi mumkin.