“Mançester Siti” transfer rekordini örnatdi
Angliyaning “Mançester Siti” klubi bir transfer oynasi davomida futbolçilar xaridiga sarflangan mablağ böyiça rekord örnatdi. Bu haqda “Transfermarkt” portali xabar berdi.
Klub 2026 yilgi yozgi transfer oynasida yangi futbolçilar xarid qiliş uçun 526,2 million yevro sarfladi va “Liverpul”ning 2025 yilda örnatgan 483 million yevrolik rekordini yangiladi.
“Mançester Siti” yozgi transfer oynasi davomida ikki marta özining transfer rekordini ham yangiladi. Argentinalik yarim himoyaçi Entso Fernandesning 145 million yevroga transferi klub tarixidagi eng qimmat xarid böldi. U şu yozda jamoaga qöşilgan Elliot Andersonning 135 million yevrolik transferidan ötib ketdi.
“Mançester Siti” şuningdek, yozgi transferlar oynasida Ayub Buxaddi, Iliman Ndiaye, Allan, Matis Deturbe, Jeremi Monga, Jeronimo Ruli va Pirs Çarlzni öz safiga qöşib oldi.
Şu bilan birga, “Mançester Siti” yozda jami 337,2 million yevro miqdorida futbolçilarini sotdi va transfer oynasini 189,18 million yevrolik manfiy balans bilan yakunladi.
Bu körsatkiç boşqa top-klublarnikidan ança past. Masalan, “Tottenxem”ning transfer balansi minus 202,1 million yevro, “Liverpul”niki esa minus 233,43 million yevroni taşkil qildi.
Angliya Premer-ligasining yangi mavsumida ikki turidan söng “Mançester Siti” 6 oçko bilan turnir jadvalida peşqadamlik qilmoqda. Mançesterliklarning navbatdagi uçraşuvi joriy yilning 5 sentyabr kuni “Koventri Siti”ga qarşi bölib ötadi.