APL klublari transferlarga sarflangan mablağ böyiça rekord örnatdi
Angliya Premer-ligasi (EPL) klublari transferlarga sarflangan mablağ böyiça yangi rekord örnatdi. Bu haqda BBC xabar beradi.
Manbaga köra, ingliz klublari yozgi transferlar oynasi davomida yangi futbolçilarni xarid qiliş uçun 3,46 milliard funt sterling sarflagan. Avvalgi rekord 2025 yil yozida qayd etilgan bölib, öşanda klublar transferlar uçun 3,14 milliard funt sterling sarflagan edi.
Transfer oynasining sönggi kunida Premer-liga klublari umumiy qiymati 475 million funt sterling bölgan bitimlarni rasmiylaştirdi. Ular orasida eng qimmati transfer – argentinalik yarim himoyaçi Entso Fernandesning “Çelsi”dan “Mançester Siti”ga 125 million funt sterling evaziga ötişi böldi.
Malumot uçun, joriy yilning 1 sentyabr kuni Angliya Premer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A Seriyasi, Germaniya Bundesligasi va Frantsiya Liga 1 çempionatlarida yozgi transfer davrining sönggi kuni böldi.
Turkiya klublarida tarkibni kuçaytiriş uçun yana bir neça kun bor. Turkiya futbol federatsiyasi taqvimiga köra, Superligada yozgi transferlar va futbolçilarni röyxatdan ötkaziş davri ertaga, 4 sentyabr kuni yakunlanadi.