Nani Qozoğistonda olti farzandli oilaga uy sovğa qildi
“Mançester Yunayted” va Portugaliya terma jamoasining sobiq futbolçisi Luiş Nani Qozoğistonning Aqtöbe şahrida olti farzandli oilaga yangi xonadon kalitini topşirdi. Bu haqda “ASnews.kz” naşri xabar berdi.
Xayriya tadbiri Aqtöbe markaziy stadionida bölib ötgan. Bunga qadar ijara uyda yaşab kelgan oila “Hareket” jamoat xayriya jamğarmasining ijtimoiy loyihasi doirasida öz uyiga ega böldi. Nani oila azolari bilan uçraşib, farzandlar bilan suratga tuşdi va ularga dastxati tuşirilgan “Aqtöbe” klubi libosini sovğa qildi. 39 yoşli portugaliyalik futbolçi bu voqea özi uçun ham alohida ahamiyatga ega ekanini takidladi.
“Yoşligimda men ham juda kambağal edim. Oilamiz katta, aka-uka va opa-singillarim köp edi, barçamiz kiçik uyda yaşardik. Yangi uyga köçiş imkoniyatiga ega bölganimizda, hozir sizlar his qilayotgan tuyğularni men ham boşdan keçirganman. Insonlarga quvonç ulaşib, ularning hayotini yaxşi tomonga özgartirişga yordam bera olsam, çin dildan baxtli bölaman”, deydi Nani.
Eslatib ötamiz, 2026 yil 25 yanvarda Luiş Nani Qozoğistonning “Aqtöbe” safiga qöşilgandi. U mavsum oxirigaça şartnoma imzolab, professional faoliyatini davom ettirgan. Joriy mavsumda portugaliyalik futbolçi klub safida 20 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 3 ta gol va 4 ta golli uzatma qayd etgan.