Anri futbolçilarni FIFA’dagi vaziyatga aralaşişga çaqirdi
“Arsenal” klubi va Frantsiya terma jamoasining sobiq hujumçisi Terri Anri professional futbolçilarni jahon futbolidagi muhim qarorlarga tasir ötkazişga çaqirdi. Bu haqdagi fikrlarni Anri CBS telekanalidagi dasturlarning birida aytib ötdi.
Frantsuz sobiq futbolçi bu fikrni FIFA va taşkilot prezidenti Janni Infantino atrofidagi sönggi mojarolar fonida bildirgan.
“Menimça, futbolçilar özlari öylagandan köra köproq kuçga ega. Agar ular biror narsani özgartirişni istasa, buni amalga oşirişlari mumkin, ayniqsa hozirgi davrda”, deydi Anri.
Uning aytişiça, futbolçilar köpinça öz faoliyati va musobaqalar taşkil etilişiga bevosita tasir qiladigan qarorlar muhokamasidan çetda qoladi. Biroq ular birgalikda harakat qilsa, öz talablarini futbol taşkilotlariga qabul qildiriş imkoniyati yuqori.
Anri AQŞdagi sport ligalarini misol qilib, NBA va NFL’da sportçilar biror masala böyiça qatiy pozitsiya bildirsa, liga rahbariyati ularning fikrini inobatga olişini qayd etgan.
“Bazida futbolçilar özlarida qanday katta tasir borligini anglamaydi yoki undan foydalanmaydi. AQŞda esa buni yaqqol köriş mumkin: futbolçilar biror narsani talab qilsa, liga ularni tinglaydi”, deydi futbolçi.
Anrining bayonotlari FIFA prezidenti Janni Infantino atrofidagi bosim kuçaygan bir paytga töğri kelgan. Sönggi haftalarda FIFA’ning 2026 yilgi Jahon çempionati tijoriy huquqlari bilan boğliq rejalari va taşkilot rahbariyati faoliyati yuzasidan tanqidlar kuçaygan, UEFA esa Infantino faoliyati bilan boğliq huquqiy çoralarni körib çiqmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq FIFA UEFA’ni FIFA rahbariyatiga qarşi tuhmat kampaniyasi olib borişda ayblagandi.