Tramp Jahon çempionatidan olgan daromadini oşkor etdi
2026 yilgi futbol böyiça Jahon çempionati AQŞ iqtisodiyotiga 18 milliard dollardan ortiq daromad keltirib, 160 mingdan ziyod iş örni yaratilişiga hissa qöşdi. Bu haqda AQŞ prezidenti Donald Tramp özining “TruthSocial” tarmoğida malum qildi.
“FIFA Jahon çempionati iqtisodiyotimizga 18 milliard dollardan ortiq daromad keltirdi va 160 mingdan ziyod iş örnini qöllab-quvvatladi”, deydi Tramp.
Avvalroq, 2025 yil avgust oyida Tramp Jahon çempionati AQŞ iqtisodiyotiga 30 milliard dollardan ortiq mablağ olib kirişi va 185 mingta iş örni yaratişi kutilayotganni aytgan edi.
Malumot uçun, 2026 yilgi Jahon çempionati finalida Ispaniya Argentinani 1:0 hisobida mağlub etib, öz tarixidagi ikkinçi jahon çempionligini qölga kiritgandi. Final uçraşuvi uçun eng arzon çiptalar 6 095 dollar, örtaça narx 9 395 dollar, mediana esa 8 048 dollar atrofida sotilgandi.