USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

JÇ-2026 FIFA’ga rekord daromad keltirdi

174 марта
ЖЧ-2026 FIFA’га рекорд даромад келтирди

2026 yilgi Jahon çempionati Xalqaro futbol federatsiyasiga (FIFA) rekord darajada daromad keltirdi. Bu haqda “The Guardian” naşri xabar berdi.

Naşr malumotiga köra, mundial FIFA uçun qariyb 15 milliard dollar daromad keltirgan. Bu taşkilotning dastlabki prognozlaridan ança yuqori. Avvalroq FIFA turnirdan taxminan 11 milliard dollar daromad olişini kutgan edi.

Manbaga köra, daromadning keskin oşişiga asosiy omil sifatida öyin çiptalari savdosi, jumladan, ularning qayta sotilişi xizmat qilgan. FIFA har bir qayta sotuv bitimida ham xaridordan, ham sotuvçidan 15 foizdan komissiya undirgani umumiy tuşumning sezilarli ösişiga sabab bölgan.

Şuningdek, mehmondöstlik (hospitality) xizmatlaridan tuşgan daromad ham FIFA moliyaviy natijalarida muhim örin tutdi. Aynan şu ikki yönaliş yakuniy daromadning rejalaştirilgan körsatkiçlardan ança yuqori bölişiga imkon bergan.

Malumot uçun, 2026 yilgi Jahon çempionati finali bugun, 19 iyul kuni Ispaniya va Argentina terma jamoalari örtasida bölib ötadi. Uçraşuv Toşkent vaqti bilan esa 23:55 da start oladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: