FIFA Ispaniyaning çempionlik rasmidan Trampni olib taşladi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Ispaniya terma jamoasining 2026 yilgi Jahon çempionatidagi ğalabasiga bağişlangan suratlardan AQŞ Prezidenti Donald Trampning tasvirini olib taşladi. Bu haqda taşkilotning X tarmoğida elon qilingan suratda köriş mumkin.
Gap şundaki, Tramp FIFA Prezidenti Janni Infantino bilan birgalikda Jahon çempionati kubogini Ispaniya terma jamoasi sardori Rodriga topşirgan. Marosimdan söng esa u maydonni darhol tark etmay, ispaniyalik futbolçilar kubokni boşlari uzra kötarib nişonlayotgan vaqtda ham sahnada qolgan.
Faqat Janni Infantino maydonni tark eta boşlaganidan keyingina Donald Tramp ham u bilan birga çempionlik minbarini tark etgan.
Şundan söng FIFA özining rasmiy sahifasida ğalaba lavhalarini elon qildi. Naşr qilingan vertikal suratda kadr tahrir qilinib, undan Donald Tramp çiqarib taşlangani körinib turibdi.
Eslatib ötamiz, Ispaniya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon çempionati finalida Argentinani qöşimça vaqtda 1:0 hisobida mağlub etib, öz tarixida ikkinçi marta jahon çempioniga aylangan edi.