USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

London klubi futbolçisi Ugandada qirol bölişi mumkin

73 марта
Лондон клуби футболчиси Угандада қирол бўлиши мумкин

Londonning “Se Dons” klubi darvozaboni va jamoa sardori Jorj Desmond Kamurasi Ugandaning ğarbidagi Toro ananaviy qirolligining yangi qiroli bölişi mumkin. Bu haqda “The Times” xabar berdi.

36 yoşli Kamurasi Toro qirolligining marhum hukmdori Oyo Nimba Kabamba Igura Rukidi IVning vorisi sifatida tanlangan. 21 kişidan iborat vorislik qömitasining 18 nafar azosi iştirok etgan yiğilişda 15 kişi Kamurasi nomzodini qöllab-quvvatlagan. Biroq uning vorisligi hali Toro qirolligining Babiito sulolasi tomonidan rasman elon qilinmagan.

Kamurasi marhum qirolning amakivaççasi bölib, şahzoda Jorj Desmond “Jimmi” Mugenining öğli hisoblanadi. U Buyuk Britaniyada ulğaygan va hozir Angliya futbolining töqqizinçi divizionida iştirok etuvçi “Se Dons” safida darvozabonlik qilmoqda.

Şu bilan birga, Toro qirolligida vorislik masalasi hanuz bahsli. Babiito sulolasi vakillari qirol saylanmasligi, balki ananaviy tartib asosida taxtga ötirişini takidlamoqda. Qirollik vakillariga köra, yangi hukmdor marhum qirol Oyoning joriy yilning 12 sentyabrga belgilangan dafn marosimi bilan boğliq ananaviy tadbirlar davomida rasman elon qilinişi mumkin.

Malumot uçun, Toro qirolligi – Afrikaning şarqida, hozirgi Uganda hududining ğarbiy qismida joylaşgan ananaviy qirollik bölib, uning markazi Fort-Portal şahri hisoblanadi. Uşbu qirollikka 1830 yilda Bunoro-Kitara qirolligidan ajralib çiqqan şahzoda Kabiyo Kabigeni tomonidan asos solingan. Qirollikning asosiy aholisini rutoro tilida sözlaşuvçi batoro xalqi taşkil etadi, uning oliy hukmdori esa ananaga köra Omukama deb ataladi. XIX asr oxirida Britaniya protektorati tarkibiga kiritilgan Toro öz muxtoriyatini saqlab qolgan bölsa-da, 1967 yilda Uganda prezidenti Milton Obote tomonidan mamlakatdagi boşqa ananaviy monarxiyalar singari bekor qilingan. 1993 yilda Uganda hukumati tomonidan qirollik maqomi qayta tiklangan va bugungi kunda u siyosiy hokimiyatga ega bölmasa-da, öz xalqining tarixiy, madaniy va manaviy merosini saqlab keluvçi ramziy muassasa sifatida faoliyat yuritadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toro qirolligi hukmdori Oyo Nimba Kabamba Iguro Rukidi IV 34 yoşida vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: