USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Oltin töp”: Yilning eng yaxşi yoş futbolçisi sovriniga nomzodlar elon qilindi

149 марта
“Олтин тўп”: Йилнинг энг яхши ёш футболчиси совринига номзодлар эълон қилинди

2026 yilgi “Oltin töp” marosimi doirasida yilning eng yaxşi yoş talanti sovriniga nomzodlar röyxati malum qilindi. Bu haqda taşkilot rasmiy sahifasi xabar berdi.

2026 yilning eng yaxşi yoş futbolçisi böliş uçun nominatsiyada quyidagi 10 nafar futbolçi ğoliblik uçun kuraş olib boradi:

  • Kerim Alaybegoviç (Bosniya va Gertsegovina)
  • Ayyub Buaaddi (Marokaş)
  • Pau Kubarsi (Ispaniya)
  • Yan Diomande (Kot-d’Ivuar)
  • Lennart Karl (Germaniya)
  • Eli Junior Krupi (Frantsiya)
  • Lamin Yamal (Ispaniya)
  • Yoxan Manzambi (Şveytsariya)
  • Ibrohim Maza (Jazoir)
  • Uorren Zair-Emeri (Frantsiya)

Nomzodlar orasida “Barselona” va Ispaniya terma jamoasi hujumçisi Lamin Yamal, kataloniyaliklarning himoyaçisi Pau Kubarsi, şuningdek, “Pari Sen-Jermen” yarim himoyaçisi Uorren Zair-Emeri kabi yoş yulduzlar bor.

Şuningdek, “Bavariya” futbolçisi Lennart Karl, “Real Madrid” vakillari Yan Diomande hamda boşqa istedodli futbolçilar ham sovrin uçun davogarlar safidan joy olgan.
2025 yilgi uşbu sovrin “Pari Sen-Jermen” hujumçisi Dezire Due qölga kiritgan edi.

Malumot uçun, 2026 yilgi “Oltin töp” marosimi joriy yilning 26 oktyabr kuni Londonda ötkaziladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: