Frantsiya FF Infantinoga raqobatçi izlamoqda
Frantsiya futbol federatsiyasi (FFF) prezidenti Filipp Diallo kelasi yil mart oyida bölib ötadigan saylovlarda Janni Infantino bilan raqobatlaşiş uçun Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti lavozimiga öz nomzodini qöyiş rejasini malum qildi. Bu haqda Diallo “Footmercato” malum qildi.
“Ijroiya qömitadagi hamkasblarim va men Janni Infantinoga bölgan işonçga putur yetkazilgan, deb hisoblaymiz. Futbolning hozirgi rivojlaniş yönalişi biz xohlagandek emas”, deydi Diallo.
Joriy yilning 10 sentyabr kuni FFF Ijroiya qömitasi 2027 yil 18 mart kuni Rabot şahrida bölib ötadigan FIFA prezidenti saylovida Infantinoni qöllab-quvvatlaşdan bir ovozdan voz keçdi.
“Biz UEFA içidagi muhokamaga asosli va birlaştiruvçi loyihani taklif qiliş orqali hissa qöşiş uçun bir qator maslahatlaşuvlarni boşlaşga qaror qildik. Va vaqti kelganda, biz bölajak saylovlarda manfaatlarimizni himoya qiladigan nomzodni aniqlaymiz”, deya qöşimça qildi FFF rahbari.
Takidlanişiça, maslahatlaşuvlar iştirokçilaridan biri Kevin Lamur böladi. U avgust oyida Infantinoni tanqid qilgani uçun FIFA boş operatsion direktori lavozimidan böşatilgan edi.
Eslatib ötamiz, avvalroq UEFA prezidenti Aleksander Çeferin 2027 yil mart oyida bölib ötadigan FIFA prezidentlik lavozimiga öz nomzodini qöyiş niyati yöq ekanligini aytgandi.