USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Medallar uçun kuraşiş maqsadida keldik – Ravşan Haydarov

100 марта
Медаллар учун курашиш мақсадида келдик – Равшан Ҳайдаров

Özbekiston olimpiya terma jamoasi boş murabbiyi Ravşan Haydarov Osiyo öyinlarida medallar uçun kuraş olib borişini aytib ötdi. Bu haqda Haydarov Filipinga qarşi öyin oldidan ötkazilgan matbuot anjumanida söz oçdi.

“Osiyo öyinlari qitamiz uçun juda katta musobaqa. Uni köplab sport turlari iştirok etadigan kiçik Olimpiada, deb hisoblaş mumkin. Barça turnir iştirokçilariga, guruhimizdagi raqiblarimizga öz oldilariga qöygan maqsadlariga erişişlarini tilayman. Özbekiston musobaqada munosib iştirok etiş uçun eng sara sportçilari bilan taşrif buyurdi. Biz ham uşbu nufuzli turnirga yil davomida tayyorgarlik olib bordik. Vatanimiz şarafini munosib himoya qilib, medallar uçun kuraşiş maqsadida keldik”, deydi mutaxassis.

Haydarov musobaqaning yuqori saviyada taşkil etilişiga umid bildirgan.

“Avvalo, taşkilotçilarga minnatdorçilik bildiramiz. Bunday katta musobaqani qabul qilayotgan Yaponiyaga rahmat aytamiz. Taşkiliy jihatdan bu yurt har doim musobaqalarni yuqori saviyada ötkazib kelgan. Öylaymanki, bu turnir ham yuqori darajada taşkil etiladi”, deydi u.

Özbekiston olimpiya terma jamoasi boş murabbiy jamoaning vaqt farqi va iqlimga moslaşiş jarayoni haqida ham malumot bergan.

“Vaqt tafovutiga moslaşiş işlarini Toşkentdagi yiğindan boşlaganmiz. Yaponiya bilan oramizda 4 soat farq bor. Şunga yaraşa futbolçilarning moslaşiş könikmalarini şakllantirdik. Toşkentdagi yiğindan keyin Xitoyning Dalyan şahrida tayyorgarlikni davom ettirdik va nazorat uçraşuvini ötkazdik. U yerning iqlimi ham Yaponiyanikiga öxşaş, vaqt farqi esa bir soatni taşkil etadi. Öylaymanki, vaqt va iqlim masalasida muammolar bölmaydi. Futbolçilarimiz zarur moslaşuvni amalga oşirib bölişdi”, deydi murabbiy.

Malumot uçun, Özbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo öyinlaridagi iştirokini ertaga, 15 sentyabr kuni Filippinga qarşi bahs bilan boşlaydi. Uçraşuv Toşkent vaqti bilan soat 11:30 da Nagoya şahridagi “Minato Sokker Fiyeld” stadionida bölib ötadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq futbol böyiça, Özbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo öyinlaridagi dastlabki turda Filippinga qarşi bahsda 1:1 hisobida durang öynagandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: