USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Paxtakor” OFK Çempionlar ligasini durang bilan boşladi

75 марта
“Пахтакор” ОФК Чемпионлар лигасини дуранг билан бошлади

Keça, 14 sentyabr kuni Elit Osiyo Çempionlar ligasining 1-turidan örin olgan uçraşuvda Toşkentning “Paxtakor” klubi safarda Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” jamoasi mehmoni böldi. Jidda şahrida ötkazilgan bahs 1:1 hisobida yakunlandi.

Uçraşuvning katta qismida hisob oçilmadi. Öyin yakuniga yaqin esa gollar urildi. 86-daqiqada zaxiradan maydonga tuşgan Flamarion aniq zarbasi bilan “Paxtakor”ni hisobda oldinga olib çiqdi.

Biroq toşkentliklar ustunlikni saqlab qola olmadi. Hakam tomonidan qöşib berilgan 90+3-daqiqada Firas Al-Buraykan javob golini kiritib, mezbonlarni mağlubiyatdan qutqardi. Şu tariqa, “Paxtakor” Elit Osiyo Çempionlar ligasidagi dastlabki uçraşuvidan bir oçko bilan qaytdi.

Endi “Paxtakor” musobaqaning 2-turida Saudiya Arabistonining yana bir klubi – “Al-Qodisiya”ga qarşi maydonga tuşadi. Uçraşuv joriy yilning 12 oktyabr kuni ötkaziladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Farğonaning “Neftçi” klubi Elit Osiyo Çempionlar ligasi 2026-2027 yilgi mavsumi dastlabki turida Iroqning “Eyr Fors” jamoasini 1:0 hisobida mağlubiyatga uçratgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: