Messi “Oltin töp”ni qölga kiritişi kerak – Devid Bekxem
Angliya terma jamoasining sobiq yarim himoyaçisi va AQŞning “Inter Mayami” klubi raisi Devid Bekxem jamoaning argentinalik hujumçisi Lionel Messi 2025-2026 yilgi mavsum yakunlari böyiça yilning eng yaxşi futbolçisiga beriladigan “Oltin töp”ni qölga kiritişi kerak, deb hisoblaydi. Bu haqda MLS matbuot xizmati xabar berdi.
“Men hali ham uning klubimizda öynayotganiga işona olmayman. Har kuni maşğulotlarga boraman va uni kuzataman. Uning bugungi kabi natijalar qayd etayotganini, Jahon çempionatidagi öyinini körganingizda, uning “Oltin töp”ga asosiy nomzodlardan biri ekani tasodif emas”, deydi Bekxem.
Takidlaş joizki, yaqinda Messi “Inter Mayami” bilan Oliy futbol ligasi va Meksika çempionati ğoliblari örtasida ötkaziladigan Çempionlar kubogida ğolib çiqdi. “Krus Asul”ga qarşi uçraşuvda argentinalik futbolçi “Inter Mayami” safidagi 100-golini urdi.
“U öşa Jahon çempionatining eng yaxşi futbolçilaridan biri edi, ötgan mavsumda ham yuqori darajada öynadi. U hozir 39 yoşda. Menimça, u bu sovrinni qölga kiritişi kerak. Albatta, sovrin uçun Harri Keyn, Kilian Mbappe, Jud Bellingem kabi boşqa buyuk futbolçilar ham bor. Ammo Messi haqida gap ketganda, men uni qöllab-quvvatlayman”, deya qöşimça qildi u.
Malumot uçun, Messi faoliyati davomida 17-marta “Oltin töp” uçun nomzodlar röyxatiga kiritildi. Sovrinni topşiriş marosimi joriy yilning 26 oktyabr kuni Londonda bölib ötadi.