Timsohlarga töla daryo Olimpiadaga mezbonlik qiladi
2032 yilgi Olimpiada öyinlarida eşkak eşiş musobaqalari timsohlar yaşaydigan Fitsroy daryosida ötkaziladi. Bu haqda “The Athletic” naşri xabar berdi.
Manbaga köra, Xalqaro Olimpiya qömitasi mazkur hududni musobaqalar ötkaziladigan joy sifatida tasdiqlagan.
Avvalroq, 2032 yilgi Brisben Olimpiada va Paralimpiada öyinlari uçun sport inşootlarini modernizatsiya qiliş va qurişga masul Avstraliyaning Öyinlar mustaqil infrastrukturasi va muvofiqlaştiriş boşqarmasi (GIICA) Fitsroy daryosini kanoe va baydarka musobaqalarini ötkaziş uçun yaroqli deb topgan.
GIICA mutaxassislari daryodagi barça zarur parametrlarni tekşirib, ular xalqaro federatsiya talablariga javob berişini malum qilgan. Kvinslend boş vaziri Devid Krissafulli ham mintaqaviy hokimiyat timsohlar tufayli yuzaga kelişi mumkin bölgan xavflarni bartaraf etişini bildirgan.
Avstraliya Olimpiya eşkak eşiş jamoasi azolari sönggi yillarda Fitsroy daryosida maşğulotlar ötkazib kelgan. Şuningdek, daryoda muntazam ravişda universitetlar örtasidagi musobaqalar ham taşkil etiladi.
2032 yilgi Olimpiada öyinlari Avstraliyaning Brisben şahrida bölib ötadi. Musobaqalarning ayrim turlarini şahardan taşqarida, jumladan, mintaqaviy markazlarda ötkaziş rejalaştirilgan.
Malumot uçun, Fitsroy daryosi özining tabiiy gözalligi bilan birga timsohlar bilan töla hudud sifatida tanilgan.