USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Prezident rekonstruktsiya qilingan “Turon” stadionini borib kördi

128 марта
Президент реконструкция қилинган “Турон” стадионини бориб кўрди

Bugun, 18 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Qoraqalpoğiston Respublikasiga taşrifi davomida Nukus şahridagi rekonstruktsiya qilingan “Turon” stadioni bilan tanişdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, majmuaning yangilanişi hududda ommaviy va professional futbolni rivojlantiriş, iqtidorli yoşlarni saralaş va sportçilarning tayyorgarligini oşiriş uçun yangi imkoniyatlar yaratgan. Bu işlar davlat rahbarining 2023 yil 7 apreldagi “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida belgilangan vazifalarga muvofiq amalga oşirilgan.

Loyihaning umumiy qiymati 118,6 milliard sömni taşkil etadi. Majmuada 85 nafar kişining doimiy bandligi taminlangan. Rekonstruktsiya natijasida stadion siğimi 9,3 mingdan 12 ming öringa yetkazilgan.

“Turon” stadioni “Aral” professional futbol klubining bazasi hisoblanadi. U yerda Respublika futbol akademiyasining 190 nafar tarbiyalanuvçisi muntazam maşğulotlar va öquv yiğinlarini ötkazmoqda. Majmuada ikkita sport zali va ikkita qöşimça stadion ham mavjud.

Akademiya tarbiyalanuvçilari uçun 196 örinli yotoqxona, 84 örinli oşxona, trenajyor zallari va taktik tahlil xonalari taşkil etilgan. Şuningdek, yengil atletika, boks va taekvondo böyiça bir vaqtning özida 100-150 nafar sportçining şuğullanişi uçun şaroit yaratilgan.

Stadionda ommaviy axborot vositalari uçun maxsus platformalar, ofsayd kameralarini örnatiş nuqtalari hamda markazlaşgan VAR tizimi uçun alohida zona taşkil etilgan. Mazkur infratuzilma musobaqalarni yuqori saviyada ötkaziş va yoritişga xizmat qiladi.

Davlat rahbari majmuadagi şaroitlar bilan tanişib, Qoraqalpoğistonda sportni, xususan, futbolni rivojlantiriş böyiça tavsiya va körsatmalar bergan.

Prezident şu yerda maşğulot ötayotgan yoş sportçilar bilan samimiy suhbatlaşgan va ular bilan esdalik uçun suratga tuşgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: