Osiyo öyinlari sovrindorlarining mukofot pullari 2,5 baravarga oşirildi
Hozirda Yaponiyaning Ayçi-Nagoya şaharlarida davom etayotgan XX yozgi Osiyo öyinlarida oltin medal olgan özbekistonlik sportçilarga 25 000 AQŞ dollari miqdorda pul mukofoti beriladi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 7 apreldagi imzolangan PQ-114-son qaroriga kiritilgan özgartirişlarda söz boradi.
Yangi tartibga köra, sportçilarning mukofot puli oltin medal uçun 25 ming, kumuş medal uçun 12,5 ming, bronza medal uçun 6 250 AQŞ dollariga yetkazilgan. Murabbiylar uçun esa oltin medal uçun 10 ming, kumuş medal uçun 5 ming, bronza medal uçun 2 500 AQŞ dollari qilib belgilangan.
2023 yilgi Xançjou Osiyo öyinlarida sportçilarga oltin medal uçun 10 ming, kumuş medal uçun 5 ming, bronza medal uçun esa 2,5 ming AQŞ dollari miqdorida mukofot puli berilgan edi. Sovrindor sportçilarni tayyorlagan murabbiylarga esa oltin medal uçun 5 ming, kumuş medal uçun 2,5 ming, bronza medal uçun 1 250 AQŞ dollari tölangan.
Malumot uçun, hozirda Özbekiston delegatsiyasining Osiyo öyinlaridagi jami medallar soni 10 taga ( 1 ta oltin, 4 ta kumuş va 4 ta bronza) yetdi. Ayni damda Özbekiston umumjamoa hisobida 14-örinda bormoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Samarqand şahrida davom etayotgan 46-Butunjahon şaxmat olimpiadasida özbekistonlik şaxmatçilar ğoliblikni qölga kiritsa, 200 ming AQŞ dollari pul mukofoti olişi haqida xabar berilgandi.