90 yoşli bodibilder faoliyatidagi 19-sovrinni qölga kiritdi
Yaponiyalik 90 yoşli bodibilder Toşisuke Kanazava Xirosima şahrida bölib ötgan Yaponiya Masters çempionatida ğolib çiqdi. Bu haqda FNN naşri xabar berdi.
Manbaga köra, turnirda 41 yoşdan 90 yoşgaça bölgan 200 ga yaqin sportçi 13 ta toifada bahs olib borgan. Toşisuke Kanazava 90 yoşga tölganidan bir kun ötib sahnaga çiqqan va “85 yoş va undan katta” toifasida birinçi örinni egallagan. Uşbu oltin medal Kanazavaning Yaponiya Masters musobaqasidagi 17-ğalabasi bölgan. Yoşligidagi ikkita milliy çempionlikni ham hisobga olganda, sportçi endi Yaponiyada 19 ta çempionlikni qölga kiritgan.
Kanazava bodibildingga taxminan 20 yoşida qiziqiş bildirgan. Bir neça yil ötib, 24 yoşida ilk milliy çempionligini qölga kiritgan va 27 yoşida yana mamlakatning eng yaxşi sportçisiga aylangan.
Navbatdagi ğalabasidan söng Kanazava 93 yoşga tölguniga qadar musobaqalarda iştirok etişda davom etişini malum qilgan.