Hakimi zörlaş işi böyiça sud qilinadi
Frantsiya Oliy sudi “Pari Sen-Jermen” himoyaçisi va Marokaş terma jamoasi sardori Aşraf Hakimiga nisbatan zörlaş ayblovi böyiça sud jarayoni ötkazilişini tasdiqladi. Bu haqda “Le Figaro” naşri xabar berdi.
“Kassatsiya sudi Hakimining apellyatsiyasini rad etdi va işni qabul qiliş uçun jiddiy asoslar mavjud emas, degan qarorga keldi”, deydi jabrlanuvçi tomon advokati Bertran Perre.
Naşrga köra, mazkur apellyatsiya futbolçining Frantsiya sud tizimidagi sönggi çorasi bölgan. Bundan avval, joriy yilning fevral oyida Nanter prokuraturasi işni O-de-Sen departamenti jinoyat işlari sudiga yuborgan. Iyun oyi örtasida esa Versal apellyatsiya sudi mazkur qarorni qöllab-quvvatlagan.
Barça ayblovlarni rad etib kelayotgan Hakimi öşa vaqtda öz pozitsiyasini sudda bayon qiliş imkoniyatini kutayotganini aytgan. Sud jarayonining boşlaniş sanasi hozirça malum emas.
“Uç yarim yillik sud jarayonlaridan söng, himoya tomonining tuhmat va böhtonlariga duç kelgan mijozim adolat qaror topişi uçun qatiy kuraşadi va oxirigaça boradi”, deydi jabrlanuvçining yana bir advokati Reyçel-Flor Pardo.
Hodisa 2023 yil fevral oyida Parij yaqinida sodir bölgan. Ayol huquqni muhofaza qiluvçi organlarga futbolçi bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali tanişgani va keyin uning uyiga borganini aytgan. Ayolning davo qilişiça, Hakimi uning rad javobini inobatga olmay, unga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etgan. Hodisadan söng u futbolçining uyini tark etib, politsiyaga murojaat qilgan.
2023 yil mart oyida Hakimi hibsga olinib, keyin sud nazorati ostiga olingan. Söroq jarayonida futbolçi barça ayblovlarni qatiyan rad etgan. Uning advokatlari esa işni tovlamaçilik sxemasining bir qismi sifatida baholagan.
Malumot uçun, Aşraf Hakimi 2021 yildan buyon PSJ safida töp surib keladi.