Osiyo öyinlari. Özbekiston yana 2 ta oltin, 1 ta kumuş va 2 bronza oldi
Bugun, 30 sentyabr kuni Yaponiyaning Aiçi-Nagoya şaharlarida ötayotgan Osiyo öyinlarida özbekistonlik sportçilar yana 2 ta oltin, 1 ta kumuş va 2 bronza medalni qölga kiritdi.
Xususan, -52 vazn toifasidagi dzyudo bahslarda iştirok etgan Sita Qadamboyeva Osiyo öyinlari çempionligini qölga kiritdi. Sportçi finalda janubiy koreyalik raqibini mağlub etib, oltin medalga sazovor böldi.
Şuningdek, dzyudo böyiça Özbekiston terma jamoasi azosi Abdurahim Nutfullayev ham sovrindorlar qatoridan joy oldi. -66 kg vazn toifasida iştirok etgan atlet finalda möğulistonlik sportçiga imkoniyatni boy berdi va kumuş medalga egalik qildi.
Dzyudo böyiça Özbekiston terma jamoasi azosi Samariddin Qöçqorov esa Osiyo öyinlarining bronza medalini qölga kiritdi. -60 kg vazn toifasida iştirok etgan sportçi bronza medali uçun bahsda tojikistonlik Loiq Kudbidinovdan ustun keldi va 3-örinni egalladi.
Yunon-rum kuraşi böyiça Özbekiston terma jamoasi azosi Aytjan Xalmaxanov ham öz nomini musobaqa çempionlari qatoriga qöşib qöydi. Sportçi -67 kg vazn toifasining finalida yaponiyalik raqibini yengib, oltin medalni qölga kiritdi.
Yunon-rum kuraşi bahslarida yana bir medalga -87 kg vazn toifasida bahs olib borgan Jalgasbay Berdimuratov bronza medaliga ega çiqdi. Berdimuratov uçinçi örin uçun bahsda qozoğistonlik sportçidan ustun keldi.

Malumot uçun, hozirda Osiyo öyinlarida Özbekiston delegatsiyasi ğaznasida 16 ta oltin, 18 ta kumuş va 19 ta bronza medal bor. Uşbu natija reytingda 4-hisoblanadi. Özbekistondan yuqorida Janubiy Koreya, Yaponiya va Xitoy örin olgan.