Törabek Habibullayev Osiyo öyinlari çempioni böldi
Bugun, 2 oktyabr kuni Yaponiyaning Aiçi-Nagoya şaharlarida ötkazilayotgan Osiyo öyinlarining boks bahslarida özbekiston vakili Törabek Habibullayev ringga kötarildi. U finalda xitoylik raqibiga imkon qoldirmadi va çempionlikni qölga kiritdi.
Boks bahslarida final bellaşuvlari boşlandi. Dastlab -90 kg vazn toifasida Törabek Habibullayev final jangini ötkazdi. Xitoylik Xuejen Hanni bilan bahs olib borgan boksçi ajoyib ğalaba bilan delegatsiya ğaznasiga 17-oltin medalni taqdim qildi.
Qayd etiş joiz, yana 2 nafar özbekistonlik boksçi final bahslarida iştirok etadi.

Malumot uçun, hozirda Osiyo öyinlarida Özbekiston delegatsiyasi ğaznasida 17 ta oltin, 21 ta kumuş va 20 ta bronza medal bor. Uşbu natija reytingda 4-hisoblanadi. Özbekistondan yuqorida Janubiy Koreya, Yaponiya va Xitoy örin olgan.