USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Osiyo öyinlari. Özbekiston yana penaltilar seriyasida yutqazdi

101 марта
Осиё ўйинлари. Ўзбекистон яна пенальтилар сериясида ютқазди

Bugun, 3 oktyabr kuni Yaponiyaning Aiçi-Nagoya şaharlarida davom etayotgan Osiyo öyinlarining futbol bahslarida Özbekiston Xitoyga imkoniyatni boy berdi. Şu tariqa 3-örin Xitoy U-23 jamoasiga nasib qildi.

Öyin töliq Özbekiston vakillari ustunligida ötdi, biroq xitoyliklar qarşi hujumlardan unumli foydalandi. Öyinning 15-daqiqasidayoq Hu Hetoo gol urib, jamoasini hisobda oldinga olib çiqdi. 43-daqiqada esa Bahromov hisobni tenglaştirişga muvaffaq böldi. 

Ikkinçi bölim ham özbekistonliklar nazoratida ötdi, lekin yana şarqiy osiyoliklar xavfli qarşi hujumlarni amalga oşirdi. Taymning 8-daqiqasida Van Yuy Vey “oq börilar” darvozasini işğol qildi va hisobni jamoasi foydasiga oğdirdi. Öyinning asosiy vaqti yakunlanişiga 1 daqiqa qolganda hisob tenglaşdi – bu safar katta sahnaga Şodiyor Şodiboyev çiqdi. Şu tariqa öyin durrang natija bilan penaltilar seriyasiga köçdi. 

Yarim finalda Yaponiya vakillariga aynan penaltilar seriyasida imkoniyatni boy bergan Özbekiston U-23 jamoasi xitoylik tengqurlariga ham ğoliblikni taqdim qildi. Özbekistonliklardan 2 nafar, Xitoy vakillaridan esa 1 nafar futbolçi öz imkoniyatini golga aylantira olmadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: