“Ronaldu jamoa uçun muammo”. “Al-Nasr” sobiq futbolçisi Ronalduni tanqid qildi
“Al-Nasr”ning sobiq futbolçisi Husayn as-Sulaymoniy Saudiya Arabistoni klubining yulduz hujumçisi Kriştianu Ronaldu hozirda Ar Riyod klubiga muammo bölayotganini aytdi. Bu haqda u “Koora” naşriga bergan intervyusida söz oçdi.
Sobiq futbolçining fikriça, portugaliyalik hujumçi endi jamoa öyiniga hal qiluvçi tasir körsata olmaydi va hatto uçraşuvlarning natijalariga salbiy tasir ötkazmoqda.
“Ronaldu buyuk futbolçi, ammo u endi öyinni özgartira olmaydi. “Al-Nasr”ga 90 daqiqa maydonda qolib ketmaydigan, balki özi gol uriş uçun imkoniyat yarata oladigan hujumçi kerak. Ronaldu muxlislaridan qörqqan holda heç kim buni aytişga jurat etmayapti, ammo u “Al-Nasr” uçun muammo”, deydi as-Sulaymoniy.
Malumot uçun, Ronaldu 2023 yildan buyon “Al-Nasr” safida töp surmoqda. Uşbu mavsumda 41 yoşli portugaliyalik barça musobaqalarda 13 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 10 ta gol urdi. Hujumçining Saudiya Arabistoni klubi bilan amaldagi şartnomasi 2027 yilning yoziga qadar möljallangan.