Ronaldu kelajagi borasidagi qarorni mavsum oxiriga qoldirdi
“Al-Nasr” hujumçisi Kriştianu Ronaldu 2026-2027 yilgi mavsumdan keyin futbolçilik faoliyatini davom ettiriş yoki yakunlaş masalasida hali bir qarorga kelmagan. 41 yoşli portugaliyalik futbolçi kelajagi borasidagi yakuniy qarorni joriy mavsum tugaganidan keyin qabul qilmoqçi. Bu haqda “Yalla Sport”naşri xabar berdi.
Manbaga köra, Ronaldu yaqinlariga hali faoliyatini yakunlaşga tayyor emasligini aytgan. Hujumçi mavsum tugagaç, avvalo vaziyatni baholab, şundan keyingina kelgusi rejalari haqida qaror qabul qilmoqçi.
Ronaldu 2023 yil yanvaridan buyon “Al-Nasr” safida töp surmoqda. Uning Saudiya Arabistoni klubi bilan şartnomasi 2027 yil yoziga qadar amal qiladi. Portugaliyalik futbolçi jamoa tarkibida barça musobaqalarda 161 ta rasmiy uçraşuvda maydonga tuşib, 139 ta gol urgan va 23 ta golli uzatmani amalga oşirgan.
Malumot uçun, Ronaldu faoliyati davomida Portugaliyaning “Sporting”, Angliyaning “Mançester Yunayted”, Ispaniyaning “Real Madrid” va Italiyaning “Yuventus” klublarida ham töp surgan. Portugaliyalik futbolçi 5 karra Çempionlar ligasi ğolibi va 5 karra “Oltin töp” sohibi hisoblanadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ronaldu 2026-2027 yilgi mavsum yakunida “Al-Nasr”ni tark etişi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.