Eronlik futbolçilar xoinlikda ayblandi
9-03-2026, 12:08
646 марта

Eronlik futbolçilar xoinlikda ayblandi
Eron davlat televideniyesi yangiliklar boşlovçisi Muhammad Rizo Şahboziy mamlakat ayollar futbol terma jamoasini Osiyo kubogi öyinidan oldin davlat madhiyasini kuylamagani uçun “xiyonat”da aybladi. Bu haqda “Thairath” naşri xabar berdi.Joriy yilning 2 mart kuni Eron ayollar terma jamoasi futbolçilari Osiyo kubogi doirasidagi öyinda Janubiy Koreyaga 0:3 hisobida mağlub bölişdan oldin davlat madhiyasini kuylaşdan boş tortgan edi. Şundan söng teleboşlovçi Şahboziy ularni keskin tanqid qilib, “xoinlar” deb atagan.
Mazkur voqea Ali Xomanaiyning ölimi haqidagi xabarlar tarqalganidan atigi 48 soat ötib sodir bölgani sababli mamlakatda yanada katta rezonans uyğotgan.
Keyingi öyinda esa Eron futbolçilari Avstraliyaga qarşi bahs oldidan davlat madhiyasini baland ovozda kuylab, harbiy uslubda salom berişdi. Uçraşuvda eronliklar 0:4 hisobida mağlub bölişdi.