Xitoyda xodimlarni SIga almaştiriş taqiqlandi
3-05-2026, 07:46
127 марта

Xitoyda xodimlarni SIga almaştiriş taqiqlandi
Xitoy sudi kompaniyalar xodimlarni faqat suniy intellekt (SI) tizimlariga almaştiriş maqsadida işdan böşatişi mumkin emasligi haqida qaror çiqardi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.Naşrning yozişiça, sud texnologik kompaniyalardan biri öz xodimining işi suniy intellekt yordamida avtomatlaştirilgani sababli lavozimini pasaytirişga rozi bölmaganidan söng, uni noqonuniy ravişda işdan böşatilgan deb topgan.
Qarorda aytilişiça, kompaniyalar texnologik taraqqiyot tufayli xodimlarni bir tomonlama işdan böşatişi yoki iş haqini kamaytirişi mumkin emas. Xitoy sudi bu qarorni SI texnologiyalarini rivojlantiriş böyiça global poygada qatnaşiş bilan birga, içki mehnat bozorini barqarorlaştirişga qaratilgan harakatlar doirasida qabul qilgan.
Xançjou şahar örta xalq sudi tomonidan elon qilingan bayonotga köra, Şarqiy Xitoydagi texnologik kompaniya öz xodimini SI joriy etilişi munosabati bilan lavozimini pasaytirişdan boş tortgani uçun noqonuniy ravişda işdan böşatgan.
“Kompaniya tomonidan mehnat şartnomasini bekor qiliş uçun körsatilgan asoslar ştat qisqartirilişi yoki operatsion qiyinçiliklar kabi salbiy holatlarga kirmaydi, şuningdek, “mehnat şartnomasini davom ettirişni imkonsiz qiladigan” huquqiy şartlarga ham mos kelmaydi”, deyiladi sudning 28 apreldagi qarorida.
Sudning xuddi şu işga tayangan boşqa bayonotida takidlanişiça, kompaniyalar texnologik özgarişlarni rökaç qilib işçilarning maoşini bir tomonlama kesib taşlaş huquqiga ega emas.