Özbekistonliklar çang böronlari haqida erta ogohlantiriladi
28-04-2026, 08:48
237 марта

Özbekistonliklar çang böronlari haqida erta ogohlantiriladi
Xitoy Özbekistonga çang böronlari haqida erta ogohlantiriş tizimini işlab çiqişda yordam beradi. Bu haqda Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi xabar berdi.Qayd etilişiça, Ostonada bölib ötgan Mintaqaviy ekologik sammit doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari böyiça maslahatçisi – Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi raisi Aziz Abduhakimov Xitoy Xalq Respublikasi Ekologiya va atrof-muhit vaziri Xuan Juntsyu bilan uçraşgan. Uçraşuv davomida tomonlar Özbekiston–Xitoy ekologik hamkorligining hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qilgan.
Xuan Juntsyu ikki yil avval boşlangan muzokaralar allaqaçon amaliy natijalar berayotganini takidlagan. Jumladan, hozirda Özbekistonda xitoylik investorlar tomonidan 11 ta çiqindini yoqiş zavodi qurilmoqda. Şuningdek, Xitoy tomoni ekologik investitsiya loyihalarini tezkor amalga oşirişda Özbekiston tomonidan körsatilayotgan qöllab-quvvatlaşni yuqori baholagan.
Hamkorlikni yanada kengaytiriş maqsadida Özbekiston tomoni beşta asosiy yönalişni taklif etgan:
- iqlim özgarişlarini suniy yöldoş tizimlari orqali örganişda Xitoy tajribasini örganiş;
- Xitoy Jahon meteorologiya markazi faoliyati, jumladan, çang va qum böronlarini monitoring qiliş tizimi bilan tanişiş;
- Xitoy Ekologiya vazirligi huzuridagi Milliy monitoring markazi tajribasini örganiş;
- ekologiya sohasida Xitoy–Özbekiston xalqaro forumini ötkaziş hamda havo sifati böyiça qöşma laboratoriya taşkil etiş.
Tomonlar, şuningdek, çöl iqtisodiyoti sohasidagi hamkorlik istiqbollariga alohida etibor qaratgan. Toşkentdagi ixtisoslaşgan ilmiy-tadqiqot institutidan uşbu yönalişda mintaqaviy platforma sifatida foydalaniş, şuningdek, “Green University” va Xitoyning yetakçi ilmiy-talim muassasalari örtasidagi hamkorlikni kengaytiriş masalalari körib çiqilgan.
Uçraşuv yakunida çang va qum böronlari haqida erta ogohlantiriş tizimlarini mustahkamlaşda Xitoyning ilğor tajribasini jalb etiş hamda uşbu mexanizmlarni Özbekiston şaroitiga moslaştiriş böyiça kelişuvga erişilgan. Bundan taşqari, Xitoy tomoni Özbekistonga olimlar, tadqiqotçilar va mutaxassislarni yuboriş, mahalliy kadrlar malakasini oşiriş, şuningdek, bilim va tajriba almaşiş uçun özbek delegatsiyalarini qabul qilişga tayyor ekanini bildirgan.