USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Diqqat! Özbekistonda quriliş böyiça ekologik talablar kuçaytirilmoqda

268 марта

Diqqat! Özbekistonda quriliş böyiça ekologik talablar kuçaytirilmoqda

Endilikda Özbekistonda qurilişga nisbatan ekologik talablar kuçaytiriladi. Quriliş kompaniyalari quriliş maydoniga fon monitoring stantsiyalari va onlayn kameralar örnatişi şart etib belgilanmoqda. Bu haqda keça, 22 noyabr kuni yangi taşkil etilgan Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi raisi Aziz Abduhakimov jurnalistlar, ekologlar va faollar bilan ötkazgan muloqotida malumot berdi.


Qömita raisining aytişiça, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yilning 18 noyabr kuni imzolangan “Özbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaror ilovasiga muvofiq, endilikda xalqaro standartlar talablariga javob beradigan quriliş uçun ajratilgan obektlarda quriliş boşlanişidan oldin quruvçi taşkilotlar tomonidan fon monitoring stantsiyalari va onlayn kameralar örnatilişi va boşqa ekologik talablarni amalga oşirişni nazarda tutuvçi “Qurilişda ekologik faoliyat standarti talablari” işlab çiqiladi. 
Rejaga köra, 2026 yil 1 yanvardan boşlab quriliş maydonlarida fon monitoring stantsiyalari va onlayn kameralar majburiy ravişda örnatiladi. Bosqiçma-bosqiçlik tamoyiliga köra: 
•    2026  yil 1 yanvardan 2000 kv metr va undan yuqori;
•    2027 yil 1 yanvardan 1000 kv metr va undan yuqori;
•    2028 yil 1 yanvardan 500 kv metr va undan yuqori maydonga ega qurilişlarda fon monitoring stantsiyalari va onlayn kameralar örnatilişi belgilanmoqda. 
Şuningdek, 2026 yil 1 yanvardan maydonining 30 foizi kam kökalamzorlaştirilgan, balandligi 12 metr va (yoki) umumiy maydoni 500 kv metrdan ortiq bölgan binolarni quriş taqiqlanadi. 
500 kv metr va undan yuqori maydonga ega bölgan quriliş obektlariga nisbatan qöyilayotgan talablar yuzasidan 2026 yilning 1 mayiga qadar Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi, Içki işlar vazirligi, Boş prokuratura, Quriliş vazirligi tomonidan tekşiruv olib boriladi. Unda quriliş obektining 25 foizi yaşillik darajasi mavjudligi, suv purkagiçlar örnatilgani, qurilişda foydalanilayotgan avtotransport ğildiraklari uçun yuviş hovuzlari borligi, brezent yoki PVX tent bilan yopilganligi örganiladi. 
Quriliş obektlariga, quruvçi kompaniyalarga qöyilayotgan yangi talablar haqida gapirarkan, Qömita raisi – Ekologiya masalalar böyiça Prezident maslahatçisi Aziz Abduhakimov şunday deydi: 
“Hozirda Özbekistonda havoning çanglanişi, iqlim özgarişi bilan sodir bölayotgan jarayonlar faqat bizgagina xos unikal jarayon emas. Tez iqtisodiy ösiş suratini boşidan ötkazgan barça davlatlarda bunday jarayonlar, yani ekologiya va iqtisodiy manfaatlar töqnaşuvi kuzatilgan. Avvaliga iqtisodiy blokka yon bosildi. Hozir iqtisodiy blok ança kuçli, qarorlar ötib ketişi oson. Şuning uçun Prezidentimiz ekologiya qismiga etibor qaratib, tarozining ikkinçi palasini ham tenglaştirib berdilar”.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: