Özbekistonda joriy yilda 13 ta GES işga tuşiriladi
29-04-2026, 23:20
141 марта

Özbekistonda joriy yilda 13 ta GES işga tuşiriladi
Özbekistonda joriy yilda 13 ta GESni foydalanişga topşiriş rejalaştirilgan. Bu haqda bugun, 29 aprel kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan gidroenergetika sohasini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari yuzasidan taqdimotda söz boradi.Özbekistonda 150 ming kilometrdan ortiq daryolar, soylar va kanallar mavjud. Bu manbalar nafaqat içimlik suvi va suğoriş, balki energetika, iqtisodiyot hamda ekologiya nuqtai nazaridan ham strategik ahamiyatga ega.
Bugungi kunda elektr energiyasi işlab çiqarişning katta qismi tabiiy gaz va kömirga boğliq. Gidroenergiya uluşi esa 10-12 foiz atrofida. Şu bois, gidroenergetikani rivojlantiriş energiya tizimini barqarorlaştiriş, yoqilği resurslariga boğliqlikni kamaytiriş va suv resurslaridan samarali foydalanişda muhim örin tutadi.
Sönggi yillarda sohada salmoqli natijalarga erişilgan. 2017 yilda 36 ta bölgan gidroelektr stantsiyalar soni 2025 yilda 100 taga yetkazilgan. Ularning umumiy quvvati 1,6 gigavattdan 2,4 gigavattgaça oşgan.
Markaziy Osiyoda yagona bölgan gidroagregat va texnologik uskunalar işlab çiqaruvçi “UzHydroPower” zavodi taşkil etilgan. Ötgan yili işga tuşirilgan Norin GESlar kaskadining birinçi bosqiçi ilk marotaba “milliy loyiha” modeliga asosan amalga oşirilib, barça jarayonlar töliq mahalliy korxonalar tomonidan bajarilgan.
Şu bilan birga, mamlakat gidroenergetika salohiyatining katta qismi hali işga solinmagani qayd etilgan. Aholi va iqtisodiyot ösişi bilan elektr energiyasiga talab oşib borayotganini hisobga olib, bu salohiyatdan töliq, har bir daryo, soy va kanallarda foydalaniş hamda yangi quvvatlarni jadal işga tuşiriş zarurligi takidlangan.
Taqdimotda 2026-2032 yillarda umumiy qiymati 5,8 milliard dollar bölgan 73 ta istiqbolli loyihani amalga oşiriş rejalari körib çiqilgan. Buning natijasida qöşimça 3,6 gigavatt quvvat yaratilişi kutilmoqda.
Joriy yilda 13 ta GESni foydalanişga topşiriş rejalaştirilgan. Ularning umumiy quvvati 114 megavatt, yillik işlab çiqariş hajmi esa 537 million kilovatt-soatni taşkil etadi. Mazkur loyihalar doirasida 254 ta iş örni yaratiladi. Bunga qöşimça Böstonliq tumanida 28 million dollarlik grantlar hisobidan 20 megavatt quvvatli şamol elektr stantsiyasi qurilmoqda.
Yirik loyihalar qatorida Böstonliq tumanidagi Yuqori Pskom GES qurilişi alohida ahamiyatga ega. Qiymati 365 million dollar bölgan mazkur loyihaning quvvati 160 megavatt, yillik işlab çiqariş hajmi 484 million kilovatt-soat böladi. Bu 161 ming xonadonni elektr energiyasi bilan taminlaş imkonini beradi. Loyihada mahalliy komponentlar uluşi 82 foizni taşkil etadi.
Farğona viloyati Söx tumanida “milliy loyiha” tamoyili asosida Söx GES qurilişi rejalaştirilgan. Quvvati 15 megavatt böladigan uşbu stantsiya yiliga 50 million kilovatt-soat elektr energiyasi işlab çiqarib, tumandagi elektr ehtiyojining 71 foizini barqaror taminlaşga xizmat qiladi.
Yuqori Töpalang hududining gidroenergetika salohiyati ham körib çiqilgan. “Töpalang” suv omboriga quyiladigan daryo va soylarda 42 ta kiçik GES quriş orqali 541 megavatt quvvat yaratiş, yiliga qariyb 1,9 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi işlab çiqariş imkoniyati mavjud.
Dunyo amaliyotida gidro töplaş elektr stantsiyalarini quriş orqali energiyani saqlaş va qayta taqsimlaş tizimlari keng joriy etilayotgani takidlangan. Mamlakatda ham ilk bor umumiy quvvati 1,4 gigavatt bölgan 3 ta şunday stantsiyani barpo etiş imkoniyatlari körib çiqilmoqda.
Şuningdek, umumiy quvvati 164 megavatt bölgan 2983 ta kiçik va mikro GES quriş rejalari muhokama qilingan.
Raqamlaştiriş va suniy intellekt texnologiyalarini joriy etiş ham soha samaradorligini oşirişning muhim yönalişi sifatida belgilangan. Suv omborlari va gidroinşootlarda suv sathi, suv hajmi, bosim, meteomalumotlar va işlab çiqariş jarayonlarini onlayn kuzatiş imkonini beruvçi raqamli monitoring tizimlari bosqiçma-bosqiç joriy etiladi. Hozirda suv omborlarining xavfsizligini taminlaş uçun 3,5 mingta nazorat-ölçov apparatlari örnatilgan.
Davlat rahbari gidroenergetika sohasidagi loyihalarni öz vaqtida va sifatli amalga oşiriş, mahalliylaştiriş darajasini oşiriş böyiça mutasaddilarga aniq topşiriqlar bergan.
Taqdimotda poytaxt hududidagi daryo va kanallar böylarini obodonlaştiriş, şaharda salqin mikroiqlim yaratiş maqsadida suniy köl va havzalar barpo etiş böyiça işlar töğrisida ham axborot berilgan.
Jumladan, Çirçiq daryosining poytaxt hududidan ötuvçi 16 kilometr qismini obodonlaştiriş hisobiga 306 gektar yer maydonida “Daryo böyi” loyihasini amalga oşiriş közda tutilgan.
Loyiha doirasida daryo qirğoqlarini mustahkamlaş, yaşil hududlar barpo etiş, savdo va xizmat körsatiş obektlarini joylaştiriş işlari amalga oşiriladi. Bektemir kanali böyida 187,3 gektar maydonda “yaşil belboğ” yaratiladi, sayilgohlar barpo etiladi. Piyodalar va veloyölaklar, içki yöllar, yoritiş tizimlari hamda köpriklar quriladi.