1 may sanasidan Özbekistonda kutilayotgan özgarişlar elon qilindi
30-04-2026, 14:54
857 марта

1 may sanasidan Özbekistonda kutilayotgan özgarişlar elon qilindi
2026 yil 1 maydan kuçga kiradigan milliy qonunçilikdagi asosiy özgarişlar röyxati taqdim etildi.Har qanday darajadagi standartlardan foydalanişga ixtiyoriy tus beriladi, xalqaro (mintaqaviy, xorijiy) standartlarni respublika hududida qabul qilişning xalqaro amaliyoti joriy etiladi hamda standartlaring rasmiy röyxati milliy standartlar darajasida şakllantiriladi.
Yangi quriladigan köp kvartirali uylarning loyiha hujjatlarida har bir podezdga, liftlarga va tutaş hududga kuzatuv kameralari, şuningdek, kiriş eşiklariga domofon komplekslari örnatiş nazarda tutiladi.
«Umra» tadbiriga olib boriş «Haj va Umra» yagona portalida majburiy röyxatga oliş orqali amalga oşiriladi.
Eksperiment tariqasida Toşkent, Samarqand va Farğona viloyatlari hamda Qoraqalpoğiston Respublikasida bittadan tuman (şahar) içki işlar organlari migratsiya va personallaştiriş bölinmalarida öziga özi xizmat körsatiş imkoniyati yaratilgan, suniy intellekt asosida faoliyat yuritadigan «Aqlli» migratsiya şoxobçalari (Smart migration stations) taşkil etiladi.
Xalqaro dasturlar («Stent for Life» va «Action Plan for Stroke») asosida işlab çiqilgan Infarkt va insultga qarşi kuraşiş milliy dasturi bosqiçma-bosqiç joriy etiladi.
Tovarlarni davriy deklaratsiya orqali rasmiylaştirişda bojxona tölovlarini tovarlar respublika hududiga kirib kelganda har bir partiya uçun alohida tölaş imkoniyati yaratiladi.
Taşqi savdoga oid notarif tartibotlarni belgilaşning quyidagi şaffof mexanizmi joriy etiladi:
- taqiq va çeklovlar reyestri yuritiladi, ularni örnatişdan kamida 3 oy oldin «Yagona darça» bojxona axborot tizimida elon qilinadi;
- vakolatli davlat idoralari, ularning quyi taşkilotlari tomonidan körsatiladigan har bir turdagi xizmatlar uçun yiğimlar (tölovlar) miqdori va kalkulyatsiyasi «Yagona darça» bojxona axborot tizimida elon qilinadi.
Arxiv xizmatlarini körsatişda quyidagi hujjatlarni talab qiliş bekor qilinadi:
- talabgorlarni arxiv hujjatlarini tartibga keltirişga kompetentligi yuzasidan attestatsiyadan ötkazişda tegişli arxiv muassasasi yoki taşkilot rahbarining tavsiya xati;
- mavzuli sörovlar töğrisida malumotnoma berişda söralayotgan hujjatning nusxasi;
- davlat mulki bölgan arxiv hujjatlari yoki ularning köçirma nusxalarini, şuningdek, Milliy arxiv fondining nodavlat qismiga kiritilgan arxiv hujjatlari yoki ularning köçirma nusxalarini Özbekiston Respublikasidan taşqariga vaqtinça olib çiqiş uçun ruxsatnoma berişda arxiv hujjatlarini tasarrufdan çiqariş yoki bir şaxsdan ikkinçi şaxsga ötkaziş şaklini tasdiqlovçi hujjatlar;
- tijorat taşkiloti hujjatlarining belgilangan tartibda davlat arxiviga topşirilganligini tasdiqlovçi malumotnoma. Bunda mazkur hujjat davlat röyxatidan ötkazuvçi organlar tomonidan Arxiv axborot tizimi orqali mustaqil ravişda olinadi.
Nogironlikni belgilaş (bolalikdan nogironligi bölgan, I va II guruh nogironlari) böyiça davlat xizmatini körsatişda fuqarolarga tibbiyot muassasalariga imtiyozli davolaniş uçun beriladigan yöllanmani şakllantiriş va elektron navbatga qöyiş kompozit şaklda amalga oşiriladi.
Belgilanişiça, barça turdagi litsenziya, ruxsat beriş va xabardor qiliş tartib-taomillari «Litsenziyalaş, ruxsat beriş va xabardor qiliş tartib-taomillari töğrisida»gi Qonun bilan tartibga solinadi hamda faqat «Litsenziya» axborot tizimi yoki Yagona portal orqali amalga oşiriladi (bundan Markaziy bank hamda Istiqbolli loyihalar milliy agentligining vakolatlariga taalluqli bölgan litsenziyalaş, ruxsat beriş va xabardor qiliş tartib-taomillari mustasno).