14 yoşli qizning sevgilisi PPX xodimini “şantaj” qilgani malum böldi
30-04-2026, 19:26
308 марта

14 yoşli qizning sevgilisi PPX xodimini “şantaj” qilgani malum böldi
Toşkent viloyatining Ohangaron tumanida 14 yoşli qiz patrul-post xizmati xodimi öziga nisbatan tegajoğlik qilgani haqida murojaat bilan çiqqan edi. Keyinroq viloyat Içki işlar boş boşqarmasi matbuot kotibi Bobur Tölaganov mazkur holatni rad etdi. Şuningdek, Bolalar ombudsmani vaziyat nazoratga olinganini malum qildi.
Bugun, 30 aprel kuni Toşkent viloyati Içki işlar boş boşqarmasi uşbu holat böyiça qöşimça malumot berdi. Qayd etilişiça, hodisa yuzasidan kompleks tekşiruvlar ötkazilgan va videomurojaatdagi vajlar haqiqatga töğri kelmasligi malum bölgan.
Bildirilişiça, joriy yilning 27 aprel kuni tungi soat 00:30 larda patrul-post xizmati xodimiga avvaldan taniş bölgan 22 yoşli ayol qönğiroq qilib, maslahatlaşiş zarurati tufayli uni çaqirgan.
“Men A. bilan keçki payt öz xohişimiz bilan Diyorning maşinasiga ötirdik. Heç kim majburlanmadi. Men oldi tarafga – Diyorni yoniga ötirdim. Keyin biz gaplaşib, aylanib bitta joyda töxtadik. A. degan qiz “voobщe” orqa örindiqda ötiruvdi. 15-20 minutlardan keyin bitta maşina keldi. Maşinani içidan uçta bola tuşdi. Uning eski yigiti maşinaga sakradi, maşinani sindirişni boşladi. Keyin baqirib “videoga ol, videoga ol”, deb bitta bolaga aytdi, bitta bola videoga oldi.
A. yiğlaşni boşladi, şokka tuşdi, qörqişni boşladi. Keyin men qörqma, dedim. Keyin Diyor öşa zahoti bizga heç nima bölmasin deb tez maşinani haydab ketdi. Bugun va keça men köryapman internetda “voobщe” boşqaça video çiqyapti, “Diyor tegajoğlik qildi”, A. ga nisbatan pedofil degan. “Nepedofil”, “voobşe” bu feyk xabar va özidan töqilgan. “Prosta” öşa bolani qanaqadir alami bölgani uçun şunaqa qilgan”, deydi voqea iştirokçilaridan bölgan ayol 22 yoşli ayol.
Malum bölişiça, videomurojaat yöllagan şaxs 14 yoşli qizning qarindoşi emas. U öşa qiz bilan özaro munosabat örnatib, doimiy ravişda uni nazorat qilib kelgan. 18 yoşli yigit bundan bir neça kun avval ham yarim tunda öşa qizni olib yurgan vaqtida aynan mana şu patrul-post xizmati xodimi tomonidan aniqlanib, unga rasmiy ogohlantiriş berilgan.
“Qaragan vaqtimda u qizni tanib qoldim. Oldinroq ham rasmiy ogohlantiriş berilgan edi”, deydi xodim.Oradan bir neça kun ötgaç aynan öşa qiz xodimga taniş bölgan ayol bilan birga uning maşinasiga ötirgan. Köp vaqt ötmasdan qiz yuborgan lokatsiya orqali yigit uşbu maşina oldiga yetib kelgan, janjal kötargan va xodimni voyaga yetmaganning nomusiga tegişda ayblab, videotasvirga olgan.
“Ijtimoiy tarmoqlar orqali özini jabrlanuvçi qilib körsatadigan barça murojaatlarga ham işonaveramang. Rasmiy manbalarga tayaning. Yuqoridagi stsenariy böyiça esa albatta huquqiy baho beriladi”, deyiladi IIBB bayonotida.