Xususiy klinikalarga organ transplantatsiyasi ötkazişga ruxsat beriladi
1-05-2026, 20:22
140 марта

Xususiy klinikalarga organ transplantatsiyasi ötkazişga ruxsat beriladi
Özbekistonda akkreditatsiyadan ötgan xususiy muassasalarga transplantatsiya faoliyati bilan şuğullaniş imkoni beriladi. Bu haqda bugun, 1 may kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan soğliqni saqlaş tizimini yanada rivojlantiriş, tibbiy xizmatlar sifatini oşiriş va xususiy sektor iştirokini kengaytiriş çora-tadbirlari yuzasidan taqdimotda söz boradi.Qayd etilişiça, taqdimotda, avvalo, xususiy sektorning soha rivojidagi örni va bu boradagi mavjud imkoniyatlari körib çiqilgan. 2016 yilda Özbekistonda 3,2 mingta xususiy klinika faoliyat yuritgan bölsa, 2026 yilda ularning soni 8,7 mingtaga yetişi kutilmoqda. Xususiy tibbiyot yönalişlari 39 tadan 116 taga, uşbu sektordagi koyka örinlari esa 16 mingdan 57 mingtagaça köpaygan. Xususiy sektorning umumiy koyka fondidagi uluşi 12 foizdan 31 foizgaça oşişi prognoz qilinmoqda.
Şu bilan birga, tizimdagi ayrim muammolar ham körsatib ötilgan. Jumladan, tibbiy xizmatlar sifati ustidan amaldagi nazorat mexanizmlari yetarli darajada samara bermayotgani, litsenziyalaş talablari zamon talablariga töliq javob bermasligi, xususiy klinikalar faoliyati töğrisidagi malumotlarning yagona elektron tizimda şakllanmagani, şuningdek, investitsiya loyihalari bilan manzilli işlaş tizimi yetarli emasligi qayd etilgan.
Şu bois, xususiy sektor iştirokini kengaytiriş va uning masuliyatini oşirişga qaratilgan yangi yondaşuvlar taqdim qilingan.
Xususan, tibbiy faoliyatni litsenziyalaş bilan boğliq barça vazifalar Tibbiyot taşkilotlarini litsenziyalaş va akkreditatsiyalaş markaziga ötkazilib, 2026 yil 1 iyuldan litsenziyalaş tartiblarini kuçaytiriş, bemor xavfsizligi va tibbiy yordam sifatini taminlaşga doir 48 turdagi litsenziya talablarining 14 tasini qayta körib çiqiş taklif qilingan. Mazkur jarayonda köp tarmoqli klinikalar faoliyatini töliq töxtatiş amaliyotidan voz keçib, faqat aniq qoidabuzarlik aniqlangan yönaliş böyiça çeklov qöllaş tartibi nazarda tutilmoqda.
Şu bilan birga, tibbiyot taşkilotlarining litsenziya talab va şartlariga rioya qilinişi böyiça sifat nazorati kuçaytirilib, elektron axborot tizimida masofaviy baholab boriş orqali nazorat qiliş yölga qöyiladi.
Qolaversa, nodavlat tibbiyot taşkilotlariga litsenziya doirasidagi barça yönalişlarda byudjet mablağlari hisobidan tibbiy xizmat körsatişga ruxsat beriş, akkreditatsiyadan ötgan xususiy muassasalarga transplantatsiya faoliyati bilan şuğullaniş imkonini taqdim etiş, 2028 yildan boşlab akkreditatsiyadan ötmagan nodavlat va respublika darajasidagi davlat tibbiyot muassasalari bilan Suğurta jamğarmasi tomonidan tibbiy xizmatlarning xaridini amalga oşirmaslik taklif etilgan.
2030 yil yakuniga qadar barça davlat tibbiyot muassasalari bosqiçma-bosqiç, xususan, 2027 yil 1 aprelgaça 55 ta respublika, 2028 yil yakuniga qadar 413 ta hududiy hamda 2030 yil yakunigaça 3 mingdan ortiq tuman (şahar) davlat tibbiyot taşkilotlari faoliyati majburiy litsenziyalanadi.