13 nafar boğça bolasini taşib ketayotgan Matiz YTHga uçradi
6-05-2026, 16:41
496 марта
13 nafar boğça bolasini taşib ketayotgan Matiz YTHga uçradiNurota tumanidagi oilaviy boğça rahbari bölgan ayol 13 nafar bolani Matiz maşinasida boğçaga olib ketayotganda YTHga uçragan. Oqibatda ayol vafot etgan. Bir bola koma holatida, 8 nafari esa viloyat markaziga şifoxonaga olib ketilgan. Er-xotin haydovçilik guvohnomasi bölmagan holda yillar davomida maşina boşqarib kelgani aytilmoqda.
Navoiy viloyatining Nurota tumanida boğça bolalari iştirokida YTH sodir böldi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Kun.uz’ning aniqlik kiritişiça, YTH 5 may kuni ertalab sodir bölgan. Tumandagi oilaviy boğçalardan birining rahbari bölgan 34 yoşli ayol 13 nafar tarbiyalanuvçi va özining 3 oylik çaqaloğini Matiz maşinasiga mindirib taşigan.
Ayol bolalarni yaşaş xonadonlaridan boğçaga olib ketayotgan bölgan. U harakat paytida boşqaruvni yöqotgan va maşina yöldan çiqib ketib, ağdarilgan. YTH oqibatida ayol vafot etgan, bolalar esa turli darajada tan jarohatlari olgan. Ayni vaqtda bir bola koma holatida, 8 nafari esa viloyat markazidagi şifoxonaga olib ketilgani aytilmoqda.
Manbaga köra, er-xotin haydovçilik guvohnomasi bölmagan holda yillar davomida maşina boşqarib kelgan. Yani bolalar doimiy ravişda şu holda uydan boğçaga va boğçadan uyga taşilgan. Hatto ota-onalar ham bunga etiroz bildirmagan.
Bu Navoiyda haydovçilik guvohnomasi bölmagan şaxs bolalarni maşinada taşişi bilan boğliq ilk holat emas: avvalroq haydovçilik guvohnomasi ham, avtomobilni boşqariş huquqi ham bölmagan şaxs mast holda 23 nafar bolani Damas’da taşigani aniqlangandi.