Endi bankdan pasportsiz 500 dollargaça pul oliş mumkin
8-05-2026, 22:09
268 марта

Endi bankdan pasportsiz 500 dollargaça pul oliş mumkin
Endilikda bankdan şaxsni tasdiqlovçi hujjatlarsiz 500 dollargaça naqd çet el valyutasini oliş mumkin böladi. Bu haqda bugun, 8 may kuni davlat röyxatidan ötkazilgan Adliya vazirligi taşabbusi bilan işlab çiqilgan idoraviy hujjatda söz boradi.Unga köra, mijozni tegişli tartibda tekşiriş çoralari öz içiga mijozning şaxsini identifikatsiya qiliş va tasdiqlaşni, şuningdek, uning nomidan harakat qilayotgan şaxsning şaxsi va vakolatlarini tekşirişni qamrab oladi. Amaldagi tartibga köra, 100 AQŞ dollargaça bölgan summada bu körinişdagi tasdiqlov talab qilinmas edi.
Endilikda mijozlar bankdan 500 AQŞ dollarigaça bölgan naqd çet el valyutasini pasport, ID-karta yoki ularning örnini bosadigan boşqa hujjatlarsiz olişlari mumkin böladi.
Mazkur yangi tartib 3 oydan keyin kuçga kirişi belgilangan.