Rossiyada özbekistonliklar bangladeşliklar bilan muştlaşdi
13-05-2026, 20:17
227 марта

Rossiyada özbekistonliklar bangladeşliklar bilan muştlaşdi
Keça, 12 may kuni Rossiyaning Leningrad viloyati Kirov tumanidagi Priladojskiy qörğonida joylaşgan parranda fabrikasida Özbekiston va Bangladeşdan bölgan işçilar örtasida ommaviy muştlaşuv sodir böldi. Bu haqda “47news” xabar berdi.Qayd etilişiça, janjal “Sinyavinskaya” parranda fabrikasida yuz bergan. Muştlaşuvda qariyb 60 kişi iştirok etgan. 20 nafar iştirokçiga tibbiy yordam körsatilgan, ulardan yetti nafari oğir ahvolda.
Peterburg va Leningrad viloyati böyiça Içki işlar boş boşqarmasining “Fontanka” naşriga malum qilişiça, muştlaşuvdan söng eng faol iştirokçilardan 12 nafari politsiya bölimiga olib ketilgan. Rasmiy xabarda ular 21 yoşdan 39 yoşgaça bölgan Markaziy Osiyo davlatlaridan birining fuqarolari sifatida körsatilgan. Politsiyaning dastlabki malumotlariga köra, nizoga oğizaki kelişmovçilik sabab bölgan.
“Fontanka” korxona ijroçi direktori bilan boğlanişga muvaffaq bölgan. Biroq u muştlaşuv sabablari, iştirokçilar va jabrlanganlar soni haqidagi savollarga javob bermasdan, suhbatni töxtatgan.
Keyinroq parranda fabrikasi direktori jurnalistlarga sodir bölgan voqea “örganilayotganini” malum qilgan.
“Hozirça izoh yöq”, deydi u.