USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Safarbarlik davrida çaqirilgan fuqarolarga kredit tölovlari keçiktiriladi

50 марта
Safarbarlik davrida çaqirilgan fuqarolarga kredit tölovlari keçiktiriladi

Oliy Majlis Qonunçilik palatasining 13 may kungi majlisida “Safarbarlik tayyorgarligi va safarbarlik töğrisida”gi qonun loyihasi birinçi öqişda qabul qilindi.

Mazkur qonun loyihasi mamlakatda safarbarlik sohasini tartibga soluvçi yagona huquqiy asosni yaratişga qaratilgan bölib, unda safarbarlik tayyorgarligi va safarbarlikning asosiy maqsadlari, printsiplari hamda ustuvor yönalişlari belgilab berilmoqda.

Safarbarlikning huquqiy mexanizmi belgilanmoqda
Qonun loyihasida ilk bor “safarbarlik tayyorgarligi” va “safarbarlik” tuşunçalari aniq va kompleks huquqiy mazmunda ifoda etilgan. Şuningdek, umumiy yoki qisman safarbarlikni elon qiliş tartibi, davlat organlari va taşkilotlarining vazifalari ham belgilanmoqda.


Hujjatda iqtisodiyot tarmoqlarini uruş davri şaroitida işlaşga ötkaziş, aholi va davlat ehtiyojlarini uzluksiz taminlaş çoralari ham nazarda tutilgan.

Çaqirilgan fuqarolar uçun ijtimoiy kafolatlar
Loyihaga köra, safarbarlik davrida çaqirilgan fuqarolar uçun bir qator ijtimoiy kafolatlar mustahkamlanadi. Jumladan:
— iş joyini saqlab qoliş;
— kredit tölovlarini keçiktiriş;
— yetkazilgan zararlarni kompensatsiya qiliş kabi huquqlar taminlanişi belgilanmoqda.

Şuningdek, oziq-ovqat, yoqilği, tibbiy xizmat, transport va aloqa tizimlarining barqaror faoliyatini taminlaş çoralari ham qonun loyihasida aks etgan.

“Mudofaa salohiyatini oşirişga xizmat qiladi”
Muhokamalar davomida deputatlar mazkur qonun loyihasi mamlakat mudofaa salohiyatini yanada kuçaytiriş, Qurolli Kuçlarning jangovar va safarbarlik şayligini mustahkamlaş hamda Özbekiston suvereniteti va hududiy yaxlitligini taminlaşda muhim ahamiyat kasb etişini takidladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: