USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Köçada namoz öqigan özbekistonlik Rossiyadan çiqarib yuborildi

210 марта

Köçada namoz öqigan özbekistonlik Rossiyadan çiqarib yuborildi

Rossiyaning Sankt-Peterburg şahridagi Primorskiy tuman sudi Özbekiston fuqarosini missionerlik faoliyati bilan şuğullangani uçun jarimaga tortdi va mamlakatdan çiqarib yuboriş haqida qaror çiqardi. Bu haqda Sankt-Peterburg sudining matbuot kotibi Darya Lebedeva xabar berdi.

Sud materiallariga köra, 2026 yil 12 may kuni soat 19:45 atrofida Dadaboyev Savuşkina köçasida politsiya xodimlari tomonidan qonunçilikni buzgan holda köçada namoz öqiyotgan vaqtda uşlangan.


Malum qilinişiça, u diniy marosim ötkaziş uçun tegişli vakolatga ega bölmagan holda imom sifatida çiqqan va mahalliy hokimiyat organlari bilan kelişmasdan jamoat joyida namoz öqigan.
Dadaboyev Özbekiston fuqarosi bölgani sababli unga nisbatan Rossiya Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 5.26-moddasi 5-qismi (vijdon erkinligi, diniy etiqod erkinligi va diniy birlaşmalar töğrisidagi qonunçilikni buziş) qöllangan.

Sudda u aybini amalda tan olgan, bayonnomadagi malumotlarni tasdiqlagan va bu harakatlar taqiqlanganidan xabardor bölmaganini aytgan.
Sudning qayd etişiça, qoidabuzarlikning mohiyati – diniy talimot haqidagi malumotlarni diniy birlaşma azosi bölmagan şaxslar orasida ommaviy tarqatiş va ularni uşbu diniy birlaşmaga jalb qilişga urinişdan iborat.

Sud qarori bilan unga 30 ming rubl (4 mln 938 ming söm) jarima hamda majburiy deportatsiya jazosi tayinlangan.

Изоҳ қолдириш

    • Jahongir 14 May 2026 17:16
      Nimaga O'zbekiston davlat nomi kichik xarflar bilan yozilgan iltimos to'g'irlab qo'yinglar.

Мавзуга алоқадор: