Afğonistondan olib kirilgan yarim tonnadan ortiq narkotik foş etildi
17-05-2026, 15:00
385 марта

Afğonistondan olib kirilgan yarim tonnadan ortiq narkotik foş etildi
Özbekiston çegarasida qariyb 600 kilogramm giyohvand moddalarning noqonuniy olib kirilişiga çek qöyildi. Davlat xavfsizlik xizmati, Çegara qöşinlari va Bojxona qömitasi hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbir davomida yirik partiyadagi narkotik moddalar musodara qilingan.Malum qilinişiça, jinoiy guruh narkotik vositalarni tong saharda, nazorat susayadi degan taxmin bilan olib ötişni rejalaştirgan. Biroq çegaradagi tekşiruv jarayonida ularning harakati foş bölgan.
Surxondaryo viloyatidagi «Termiz-avto» çegara bojxona posti orqali Afğoniston fuqarosi boşqaruvidagi «Mersedes» rusumli yuk avtomaşinasi tekşiruvdan ötkazilgan. Uning tirkamasida taşilayotgan «Doosan» rusumli ekskavator inspektsion körik majmuasi orqali skaner qilinganda, texnik qurilmaning kötargiç qismida şubhali jismlar aniqlangan.
Şundan söng maxsus texnik vosita — endoskop yordamida ekskavatorning içki qismi közdan keçirilgan. Tekşiruv natijasida kötargiç qismi içiga yaşirilgan yirik miqdordagi giyohvand moddalar topilgan.
Malumotlarga köra, u yerdan 593 kilogramm «gaşiş» va 3 kilogramm «opiy» aniqlangan. Narkotik vositalar konstruktsiyada körsatilmagan böşliqlarga maxsus tarzda joylaştirilgani qayd etilmoqda.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 246- va 273-moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Ayni paytda tezkor-qidiruv va tergov harakatlari davom etmoqda.