Saida Mirziyoyeva London fond birjasidagi tarixiy marosimda qatnaşadi
18-05-2026, 09:04
118 марта

Saida Mirziyoyeva London fond birjasidagi tarixiy marosimda qatnaşadi
Bugun, 18 may kuni London fond birjasida Özbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamğarmasi aktsiyalarining birlamçi ommaviy joylaştirilişi (IPO) jarayoniga bağişlangan rasmiy marosim bölib ötadi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.Mazkur voqea Özbekiston kapital bozorini xalqaro moliya maydoniga olib çiqiş yölidagi muhim qadam bölib, mamlakat iqtisodiyoti tarixida yangi sahifa oçadi.
Kutilayotgan IPO Özbekistonning jahon moliya bozorlaridagi iştirokini kengaytiriş, xorijiy investitsiyalarni jalb etiş, şuningdek, korporativ boşqaruvning zamonaviy standartlari va şaffof tizimni joriy etişga kuçli turtki beradi. Bu jarayon, ayni paytda, xorijiy hamkorlarning Özbekistonda amalga oşirilayotgan tarkibiy yangilanişlarga bölgan yuqori işonçini namoyon etadi va xalqaro investorlarga mamlakat iqtisodiyoti hamda mahalliy kompaniyalar salohiyati bilan yaqindan tanişiş imkonini yaratadi.
Rasmiy marosimda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva, Özbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat böyiça maslahatçisi Obid Hakimov va boşqa masullar iştirok etişi kutilmoqda.