USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Paxta va buğdoy

571 марта
Paxta va buğdoy

Davlat ramzlari – bu şunçaki vizual atribut emas, balki siyosiy mano va umumiy özlik ramzlaridir. Gerb, bayroq yoki madhiya orqali davlat özining tarixiy xotirasi, siyosiy legitimligi va kelajak haqidagi tasavvurini ifoda etadi. Unda tasvirlangan har bir belgi şu davlat fuqarolarining umumiy qadriyatlari, orzu-umidlarining ifodasidir.

2026 yil may oyida Senat azosi, Özbekiston Kasaba uyuşmalari federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqov özining keng qamrovli maqolasida bu mavzuga töxtalib, köp bora aytilgan, lekin hanuz javobini topmagan bir savolni örtaga taşladi: mustaqillikka erişgandan keyin ham gerbimizda paxta va buğdoy nima uçun saqlanib qoldi? Uşbu savol ijtimoiy tarmoqlarda katta munozaraga sabab böldi. Kimdir qölladi, kimdir rad etdi, kimdir esa boşqaça yönalişlarda fikr yurgazdi.

Biroq munozaraning özi – bu allaqaçon bir belgining işorasi. Jamiyat öz ramzlari haqida öylaşni boşlagan. Va bu savol faqat gerb haqida emas – bu Özbekistonning öz-özini kim deb bilişi haqidagi çuqurroq savoldir.

Senator nima dedi?

Qudratilla Rafiqov Samarqand va Şavkat Mirziyoyevning siyosiy yöli haqidagi yangi keng qamrovli maqolasida davlat ramzlari mavzusiga alohida töxtalib ötdi. Uning fikriça, Özbekiston mustaqilligining dastlabki yillarida davlat ramzlarida “90 yillardagi siyosiy xavotir, qörquv va ikkilaniş” öz aksini topgan.
“Mustaqillikka erişganimizdan keyin ham gerbimizdagi çambarakka alvon-la öralgan “iftixorimiz ramzi” bölgan paxta va ğalla tasvirlari özgarmadi. Nega?”, deb söraydi senator.
Senator prezident Mirziyoyev öşa yillari paxtadan keladigan daromad “hatto bir milliard dollarga ham yetmaganini” bir neça bor takidlaganini eslatib ötadi.

Bu gap ortida tarixiy jarohatlar bor. 1980 yillarda “paxta işi” şunçaki iqtisodiy masala emas, milliy or-nomus va siyosiy sadoqatning ölçovi bölib ketgan edi. Qişloq xöjaligida “plan” bajarilgani yoki bajarilmagani odamlarning taqdirini hal qilardi. Bu ritorika ongga şu qadar singib ketganki, mustaqillik elon qilingandan keyin ham u ramzlarda, şiorlarda, rasmiy nutqlarda uzoq yillar saqlanib qoldi.

Gerbdagi paxta va buğdoy?
Özbekiston Respublikasining davlat gerbi 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan. Uning muallifi rassom Anvar Mamajonov bölib, gerb yaratiliş jarayonida birinçi prezident Islom Karimovning roli katta bölgani malum.

Gerbda paxta va buğdoy boşoqlari ikki tomondan doirani örab turadi va ular – töqimaçilikning hamda non-donning ramzidir. Öz vaqtida bu iqtisodiy reallikni aks ettirargan bölsa-da, bugungi Özbekiston 1992 yilgi Özbekistondan tubdan farq qiladi.
Birinçidan, iqtisodiyot diversifikatsiyalaşgan. Neft va gaz, turistik soha, raqamli iqtisodiyot, metallurgiya, avtomobil sanoati – bular ham bugungi kunda mamlakatning iqtisodiy yutuqlarini belgilaydi. Faqat ikki ekin turi endi töliq Özbekiston imkoniyatlarini özida aks ettira olmaydi.
Bundan taşqari, paxta maydonlari qisqartirilmoqda. Hukumat sönggi yillarda paxta yetiştirişga möljallangan yerlarning bir qismini boşqa ekinlarga yönaltiriş siyosatini olib bormoqda. Bu – davlatning özi paxta monokulturasidan voz keçayotganining belgisi. Şunday ekan, garçi töqimaçilik sanoati hanuz davlat iqtisodiyotining muhim bir sohasi bölsa-da, oldingi kabi paxta ham, buğdoy ham u qadar aktual emas.
Jamoatçilik fikrlari 
Senator maqolasi elon qilingaç, ijtimoiy tarmoqlarda keng munozara boşlandi. Ayrimlar gerbni yangilaş ğoyasini qöllab-quvvatlagan postlar elon qildi. Boşqalari esa bunday özgarişlardan köra boşqa dolzarb muammolar borligini takidladi.
Köpçilikni bu özgartirişning davlat byudjetiga beradigan bosimi öylantirmoqda. Bloger Zafarbek Solijonov ham davlat gerbini özgartiriş taşabbusini amaliy nuqtai nazardan tanqid qildi.
Uning fikriça, davlat ramzini yangilaş katta miqdordagi mablağni talab etadi. Sababi, gerb tasviri mamlakatdagi minglab maktablar, bolalar boğçalari, oliy talim muassasalari, şifoxonalar, hokimliklar, sudlar hamda boşqa davlat taşkilotlariga örnatilgan. Şuningdek, bu özgarişlar Içki işlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Mudofaa vazirligi xizmat avtomobillariga ham tasir qiladi.
Solijonovning takidlaşiça, byudjet mablağlarini avvalo maktablarni tamirlaş va bundan ham dolzarb bölgan ijtimoiy muammolarni bartaraf etişga yönaltiriş maqsadga muvofiq.
Bloger Nozim Safari esa gerbni özgartiriş fikrini qöllab, özining X dagi sahifasida post joyladi.
“Senator Rafikovning Gerbdagi ramzlar xakidagi gaplariga kuşilaman. Yuqori davralardan kimdir aytişi kerak edi”, deydi u.
Siyosatşunoslik böyiça Avstraliya milliy universiteti doktoranti Otabek Akromov esa davlat ramzlarining jahon siyosatidagi örni haqida gapirar ekan, uşbu davlat ramzlarining xalqni birlaştiriş ruhiga etibor beriş kerak deydi.
“Davlat ramzlarining legitimligi faqat ularning tarixi yoki dizayniga emas, balki jamiyat tomonidan qanday qabul qilinişiga ham boğliq. Kuçli siyosiy ramzlar vaqt ötişi bilan şakllanadi va kollektiv xotiraning bir qismiga aylanadi. Şuning uçun bunday bahslarda masala “sovetça” yoki “zamonaviy” degan sodda kategoriyalardan köra, ramzning jamiyatni birlaştiriş qobiliyati va davlatçilik haqida qanday siyosiy mano uzatayotganidadir”, deb yozadi olim.
Umuman olib aytganda, davlat gerbi siyosiy ramz jihatidan juda muhim, ammo, köçilik jamoat faollari uning keltirib çiqarişi mumkin bölgan xarajatlaridan norozi va buning örniga hali yeçimini topmagan qator ijtimoiy muammolarga etibor qaratiş kerak degan fikrda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: