Özbekiston Qurbon hayiti arafasida Afğonistonga yordam yubordi
25-05-2026, 19:06
67 марта

Özbekiston Qurbon hayiti arafasida Afğonistonga yordam yubordi
Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev topşiriği bilan Qurbon hayiti arafasida hamda Afğonistondagi sel-suv toşqinlaridan jabr körgan aholiga kömak sifatida navbatdagi insonparvarlik yordami Balx viloyatiga yetkazildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.Qariyb 200 tonna oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan yordam yuklari Hayraton şahridagi “Astras” kompaniyasi hududida topşirilgan. Marosimda Özbekiston Prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Ismatilla Ergaşev, Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov, Balx viloyati gubernatori örinbosari Nurulhodi Abuidris hamda ikki davlat rasmiylari iştirok etdi.
Insonparvarlik yordami tarkibidan un, guruç, şakar, makaron va qandolat mahsulotlari, ösimlik yoği, nöxat hamda tez tayyorlanadigan taomlar örin olgan.
Afğoniston rasmiylari Özbekiston Prezidenti va xalqiga körsatilayotgan insonparvarlik yordami uçun minnatdorlik bildirib, Qurbon hayiti munosabati bilan samimiy tabriklarini yöllagan.